Ma’ruza №18. 4 – Modul. Murakkab qarshilik, mustahkamlik nazaryalari va dinamik yuklanish Mavzu. Sikli o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’siridan mustahkamlikka hisoblash


Vyoler egri chizig‘i. Chidamlik chegarasi. Charchash mustahkamligining extiyotlik koeffitsienti


Download 413.12 Kb.
bet5/6
Sana14.04.2023
Hajmi413.12 Kb.
#1356532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA18

2.Vyoler egri chizig‘i. Chidamlik chegarasi. Charchash mustahkamligining extiyotlik koeffitsienti.
CHidamlilik chegarasiga ko’pgina omillar ta’sir etadi. Toliqish mustaxkamligiga baxo berishda xisobga olinadigan eng muxim omillar ustida to’xtalib o’tamiz.Kuchlanishlar kontsentratsiyasi: Toliqish darzlari odatda, kuchlanishlar kontsentratsiyasi paydo bo’ladigan joyda sodir bo’ladi. Kuchlanishlar kontsentratsiyalanishi darajasi kontsentratsiya koeffitsentlari bilan baxolanadi. Nazariy va effektiv kontsentratsiya koeffitsentlari bo’ladi.
Materialning real xossalarini xisobga oluvchi effektiv kontsentratsiya koeffitsenti nazariy koeffitsent dan kichik bo’ladi. TSiklik nagruzkalarda materialning real xossalari xisobiga kuchlanish kontsentratsiyalanishi samarasini kamayishi sezgirlik koeffitsenti q bilan baxolanadi. Bu koeffitsient quyidagiga teng bo’ladi.
(7)
Po’latning mexanik xossalari qancha yuqori bo’lsa, sezgirlik koeffitsenti shuncha katta bo’ladi. Yuqori mustaxkamlikka ega bo’lgan po’latlar uchun . Bu nazariy va effektiv kontsentratsiya koeffitsentlari o’rtasida farq yo’qligini bildiradi. Bunday xolda detal mustaxkamligi qiymatiga proportsional ravishda kamayadi. Uglerodli po’latlar uchun q=0.6-0.8 ga, cho’yan uchun q=0 ga teng.
Detal sirtining sifati: Detalning sirti qancha dag’al ishlangan bo’lsa, chidamlilik chegarasi shuncha past bo’ladi, mustaxkamlik chegarasi yuqori bo’lgan materiallar uchun bu pasayish ancha sezilarli bo’ladi. Detal sirtiga dag’al ishlov berilganda kuchlanishlar kontsentratsiyalanadigan qo’shimcha joylar paydo bo’ladi yahni mikrodarzlar paydo bo’lish uchun sharoit yuzaga keladi. SHuning uchun xam mashina va mexanizmlarning maosulyatli detallari ko’pincha, jilolanadi. Agar detalning sirtiga maxsus ishlov berilsa, uning toliqish mustaxkamligi ortadi. Sirt ga ishlov berishning tsementlash, yuqori chastotali toklar bilan toblash, katta bosim ostida roliklar bilan jo’valash kabi bir necha xil usullari mavjud.
Detalning absalyut o’lchamlari. Tajribalar namunalarning o’lchamlari chidamlilik chegarasiga ta’sir qilishini ko’rsatadi. O’lchamlar ortishi bilan chidamlilik chegarasi kamayadi. Masalan, vagon o’qlarini tayyorlashga ishlatiladigan po’latdan yasalgan d=7.5 mm diametrli namunaning chidamlilik chegarasi 2300 kg/sm2 ga teng. Xaqiqatda vagon o’qining diametri D=170 mm bo’lib chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm2 , bu laboratoriya natijalaridan ikki mata kichikdir. Xozirgacha bu faktlarni to’la tushuntirib berish qiyin.
Tashqi muxit: Toliqish mustaxkamligi detal turgan muoitga ham bog’liq bo’ladi. Korroziyalovchi muoit (suv, sho’r suv, kislotalar, bug’lar) toliqish mustaokamligini keskin kamaytiradi. Sirtlarni oimoya qoplamlari bilan qoplash (buyash, metallash, azotlash, tsementlash, ruo bilan qoplash) muoitning korroziyalash ta’sir ini kamaytiradi. Yuqori temperaturalar toliqish mustaokamligini kamaytirsa, past temperaturalar esa bir oz oshiradi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, past temperaturada metallning zarbiy murtligi keskin pasayib ketadi.O’zgaruvchan kuchlanishlarda mustaokamlikni hisoblash da oaqiqiy ehtiyot koeffitsienti n ni normalar bilan belgilanadigan ruxsat etilgan ehtiyot koeffitsienti [n] bilan taqqoslab, detalning mustaokamligiga baoo berish qabul qilingan. Mustaokamlik sharti quyidagicha yoziladi:
n[n]. (8)
Ehtiyot koeffitsentlari n ni chegaraviy amplitudalarning diagrammalari yordamida taqriban topish mumkin. Silliq namuna uchun ehtiyot koeffitsienti quyidagi formula yordamida topiladi:
(9)
Kuchlanishlar kontsentratsiyalanishining effektiv koeffitsienti K, sezgirlik koeffitsienti , masshtab koeffitsienti  hisobga olganda ehtiyot koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha topiladi:
(10)
Oquvchanlik chegarasiga nisbatan ehtiyot koeffitsienti nok orqali belgilanadi va quyidagi formula bo’yicha topiladi:
(11)
Hozirgi kunda inshootlarni hisob usullari uzluksiz rivojlanmoqda, chuqurlashmoqda va takomillashmoqda.Oxirgi yillarda inshootlar dinamikasi masalalari, materiallarni plastiklik xususiyatlarini hisobga olgandagi inshootlarni hisoblash usullari, ustivorlikka hisoblash usullari, inshootlar xisobiga elektron hisoblash mashinalarini tadbiq etish masaalalari, og’irligi eng yengil va boshqa konstruktsiyalarni loyixalash masalalari uzluksiz ishlab chiqilmoqda.
Materiallar qarshiligini ananaviy klassik usullari bilan maxsus tadqiqotlarsiz, asosan asosiy tajribalarsiz bir qancha omillarni ishlatish jarayonidagi real sharoitlarni hisobga olish, shuningdek mustaxkamlik masalalarini yechishda konstruktsiyalarni u yoki bu elementlarini uzoqqa chidamligi to’g’risida xulosalar qilish qiyindir.Statik yuk ostidagi materialni holatini oddiy tenglamalar bilan ifodalash mumkin. U grafik ravishda tajriba o’tkaziladaigan namumnani deformatsiya bilan kuch orasidagi bog’lanishni ifodolovchi cho’zilish diogrammasi yoki nisbiy koordinatalardagi kuchlanish diogrammasi sifatida ifodalanadi. Boshqa xollarda bu tadqiqot qilinayotgan mustaxkamlik yoki deformatsiya xarakteristikalarni bog’lanishlari u yoki bu faktorlarga bog’liq bo’ladi.SHuni ehtiborga olish lozimki, xar qanday materialni mustaxkamlik va deformatsiyalanganlik xususiyatlarini tadqiqoti maqsad – bu uni potentsial imkoniyatlari, ularni spetsifik xususiyatlari va shartalrini aniqlash, bunda uni konstruktsiya sifatida materialni optimal ishlatishga erishishdir. Boshqa holatlarda uni qo’shimcha konstruktiv va texnologik modefikitsiyalari ochish, qaysiki bu materialni fizik – mexanik xossalarini yaxshilaydi va uni mustaxkamligini oshirish u yoki bu sharoitlarda ishlatishini orttiradi. Yuqoridagi muammolarni yechish ustida yahni konstruktsiya elementlarini mustaxkamligi va bikirligi muammosi bilan shug’ullanuvchi ko’p sonli Respublikamizdagi jamoalar akademik va tarmoq institutlari , va ko’p sonli oliy o’quv yurtlari kafedralar jamoalari shuningdek Farg’ona politexnika instituti kafedralari shug’illanmoqda.
SHu munosabat bilan talabalar va magistrlarni ilmiy – tadqiqot ishlariga jalb qilish imkoniyatlari kengaymoqda.

Download 413.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling