Ma'ruza №19. Mantiqiy elementlar asosidagi trigger sxemalari


Download 125.61 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi125.61 Kb.
#1642235
1   2   3
Bog'liq
4- Ma\'ruza

Asinxron RS – trigger
Asinxron RS – triggerning shartli belgisi, holatlar jadvali ishlash diagrammasi 4.2 – rasmda ko‘rsatilgan. Holatlar jadvalida ishga tushirish signali ta’sir etishgacha triggerning oldingi holati n indeksi bilan, ishga tushirish signali ta’sir etgandan so‘ng triggerning keyingi holati n + 1 indeksi bilan ifodalanadi.

Ishga tushirish signallarini qabul qiladigan axborot kirishlar (S va R) triggerni “1” yoki “0” turg‘un holatga sakrab o‘tishiga xizmat qiladi. S kirishga berilgan signal triggerni “1” holatga o‘tkazadi, ya’ni triggerning to‘g‘ri chiqishi Q da “1” signal, inkor chiqish da “0” signal hosil bo‘ladi. R kirisga berilgan signal, triggerni 0 holatga o‘tkazadi, ya’ni triggerning to‘g‘ri chiqishi Q da “0” signal, inkor chiqishi da esa “1” signal hosil bo‘ladi.


4.3 – rasmda mantiqiy elementlarda tuzilgan asinxron RS – triggerlarning sxemalari ko‘rsatilgan. 8.3,a – rasmda ikkita YOKI – ЭМАСmantiqiy elementda birining chiqishi ikkinchisining kirishiga bevosita ulash yo‘li bilan hosil qilingan asinxron RS – triggeri ko‘rsatilgan, ishlashi esa 8.2, b – rasmdagi holatlar jadvali yordamida ifodalangan.
Tigger “1” turg‘un (Qn+1=1) holatni S=1 va R=0 kirish signallari berilganda egallaydi. Ushbu kombinatsiyadagi kirish signallari berilguncha trigger “0” turg‘un (Qn=0) holatda bo‘lsa, kirish signali ta’sirida “1” holatga o‘tadi; agar “1” turg‘un (Qn=1) holatda bo‘lsa, o‘z holatida qoladi.
Triggerga S=0 va R=1 kirish signallari berilganda mos holda trigger “0” turg‘un (Qn+1=0) holatni egallaydi.
Trigger kirishlaridagi signallar S=R=0 bo‘lsa, u qanday Qn holatida bo‘lsa, shu holatni saqlab qoladi, ya’ni Qn+1=Qn. Kirish signallari S=R=1 bo‘lishi trigger uchun mumkin emas. Bunda triggerning holati noaniq bo‘lib qoladi. Shuning uchun S=1 va R=1 ruxsat etilmaydigan boshqarish bo‘lib qoladi.
Agar 4.3, a – rasmdagi sxemada YoKI – ЭМАСmantiqiy elementlar VA – ЭМАСelementlar bilan almashtirilsa, triggerning xususiyatlari o‘zgarmaydi. Faqat bunda triggerni “1” holatga o‘tkazish =0 da, “0” holatga o‘tkazish esa, =0 da bo‘ladi. Bunday triggerni inkor kirishli asinxron RS – trigger deyish mumkin. Uning tuzilish sxemasi 4.3, b – rasmda ko‘rsatilgan. Bu holda ruxsat etilmaydigan kirish signali kombinatsiyasi bo‘lib, =0, =0 hisoblanadi. Chunki bunda Q= =1 bo‘lib qoladi va buni bo‘lishi mumkin emas.

Download 125.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling