MA’ruza №2. Elektr stansiyalarida elektr energiya ishlab chiqarish. Reja


 Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari


Download 494.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana25.11.2021
Hajmi494.31 Kb.
#177196
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Маруза ae06523b1e18ccb65120498e8712d73e

 

1.3.2 Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari. 

Keyingi yillarda an’anaviy kondensatsion stansiyalarga nisbatan samaradorligi 

yuqori bo‘lgan bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali IESlarni qurish, 

rekonstruksiyalash va ulardan foydalanish ommaviylashgan. Bizning 

mamlakatimizda ham bir qator mavjud IESlarni shu kabi qarilmalarni o‘rnatish 

hisobiga kengaytirish va rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda. 

Bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) tuzilishi bo‘yicha ikkita qism gaz-turbina va bug‘-

turbina qismlaridan iborat bo‘ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg‘ining yonishida 

paydo bo‘luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga 

aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo‘yicha gaz yoki suyuq yoqilg‘idan 

foydalaniladi.  



Bug‘-gaz qurilmali IESning ish jarayonini prinsipial sxemasi 1.5- rasmda 

tasvirlangan. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulot gaz turbina va 

mos holda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab 

chiqaradi (1- bosqich). Bunda  gaz-turbinaning foydali ish koeffitsienti 0,3 

(samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo‘ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali 

o‘zining yuqori haroratini saqlab qolgani holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni 

qozon-utilizator (bug‘ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug‘ 500

0

C gacha qizishi 



natijasida uning bosimi 80 atmosfergacha etadi. Hosil bo‘lgan bunday 

parametrdagi bug‘ yordamida bug‘-turbinasi va navbatdagi elektr generatorining 

rotorlari harakatga keltiriladi (2- bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20-

30% qismi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bug‘-turbinasidan chiqqan suv bug‘i 

ana’anaviy kondensatsion IESlardagi singari kondensatorda kondensatsiyalanib, 

qaytadan bug‘ generatoriga haydaladi. 

Shunday qilib, butun BGQning foydali ish koeffitsienti taxminan 0,6 

(samaradorligi 60%) ni tashkil etadi. 

Bunday kombinatsiyalangan texnologiya elektr energiya ishlab chiqarish 

uchun zarur bo‘lgan  yoqilg‘i sarfini an’anaviy kondensatsion siklda ishlaydigan 

qurilmalardagiga nisbatan sezilarli darajada kamaytiradi. Buni ushbu 

qurilmalarning samaradorliklari va ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfini 

taqqoslash orqali aniq ko‘rish mumkin: BGQning samaradorligi 50-60% bo‘lib, 

ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfi 200-240 g/kVt.soat bo‘lsa, an’anaviy 

kondensatsion siklda ishlovchi qurimalar uchun bu ko‘rsatkichlar mos holda 32-

38% va 320-360 g/kVt.soatni tashkil etadi. 

BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi (GTQ) va 

kondensatsion IES sifatida alohida ishlatilishi mumkin. Qurilmaning bunday 

xususiyatidan  uning qismlaridan birini  ta’mirlash davrida foydalanish mumkin. 

Bug‘-gaz qurilmali elektr stansiyalari quvvatiga qarab qo‘shimcha bug‘ yoki 

suv isitish qozon-utilizatorlari bilan jihozlanishi ham mumkin. Bunda elektr 

energiya ishlab chiqarishdan tashqari, bug‘-turbinani aylantirish va o‘z texnologik 




ehtiyoji uchun yo bug‘ (kichik, o‘rta va katta bosimli), yoki 140

0

Cdan yuqori 



haroratli issiq suv olish imkonini beradi. 

 

1.5- Rasm. Bug‘-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi. 



Hosil qilingan energiya sovuq ishlab chiqarish uchun ham ishlatilishi mumkin. 

Bu holda issiqlik yuklamasi iste’molchisi sifatida unga absorbsion sovutish 

mashinasi ulanadi. Turli xildagi energiyani kompleks tarkibda ishlab chiqarish 

natijasida (elektr, issiqlik, sovuq havo) stansiyaning umumiy foydali ish 

koeffitsienti 90% dan oshadi. Bunday bug‘-gaz qurilmali IESning ishlash jarayoni 

prinsipial sxemasi 1.6- rasmda keltirilgan. 

Bug‘-gaz qurilmalarining kamchiligi deyarli yo‘q, faqatgina bu yerda yoqilg‘i 

va uskunalarga bo‘lgan ma‘lum cheklov va  talablar haqida gapirish mumkin.  




Download 494.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling