Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati


Download 1.75 Mb.
bet3/6
Sana21.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1108206
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-маъруза

IPX/SPS


IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.
IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada birbirini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi.
IPX/SPS PAG’ONALARI.

NET BIOS/SMB.
Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. TCP/IP kabi NetBIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server Message Blick) protokollari ishlaydi.
NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200tagacha kompyuteri bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi. Kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan har biri mantiqiy nomga bog‘lanishi zarur. Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir kompyuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali tarmoqdagi har bir kompyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qo‘llaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga bo‘lgan kam talabidir. Agarda katta bo‘lmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisi topilmaydi.
Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun o‘rnatilgan bog‘lanishlar zarur talab emas: protokolda bog‘lanish bo‘lmagan holda datagramma usuli qo‘llanilib, xabar jo‘natuvchining va qabul qmluvchining manzili bilan ta’minlanadi va «yo‘lga jo‘natiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud bo‘lib, u paketni yo‘naltirish tushunchasidan to‘liq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bog‘lanish mumkin, ya’ni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu protokol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista va Windows 7 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. SMB protokoli universal va u har qanday transport protokoli bilan juftlikda ishlashi mumkin, masalan, TCP/IP va SPX.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling