Ma’ruza-2 Kompyuter dasturlarini yaratishda kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollarni bilish axamiyati
KOMPYUTER TARMOQLARIDAGI STANDARTLAR
Download 1.75 Mb.
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- TCP/IP STEKI.
- ISO/OSI MODELINING SATHLARI. BOG‘LANISH
KOMPYUTER TARMOQLARIDAGI STANDARTLAR.
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi. TCP/IP STEKI. Transmission Control Protocol/Internet Protocol (TCP/IP) - bu global tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan protokollar stekining modellashtirilgan standarti. TCP/IP protokollari 4 ta darajaga bo’linadi. Odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy. Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki, quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri ishlatiladigan va taniqli Ethernet, FDDI va boshqa tarmoq protokollaridir. Bu protokollarning apparat vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‘ladi. Shu tufayli qurilmalarning moslashuv imkoni hosil bo‘ladi. Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir stek o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich» tushunchasidek aniq bog‘lanish yo‘qdir, ya’ni bir protokol birdaniga ikki-uch bosqichlarda ham ishlashi mumkin. ISO/OSI MODELINING SATHLARI. BOG‘LANISH Tarmoq qurilmalarining ish faoliyatida asosan protokollarini bog‘lashdir, xususan tarmoq adapteri uchun. Amaliyotda bir tarmoq adapteriga xizmat ko‘rsatishda protokollarning turli steklaridan foydalanish imkonini beradi. Masalan, bir vaqtning o‘zida TCP/IP va IPX/SPX steklardan foydalanish mumkin bo‘ladi, agarda birinchi stek yordamida adresat bilan aloqa o‘rnatishga urinishda xatolik ro‘y bersa, avtomatik ravishda keyingi stek protokolidan foydalanishga o‘tish ro‘y beradi. Bu holatda asosiy hol bog‘lanish navbatidir, chunki u yoki boshqa protokolni turli steklardan foydalanishiga albatta ta’sir etadi. Kompyuterga qancha tarmoq adapteri o‘rnatilishidan qat’i nazar, bog‘lanish esa birdaniga bir necha adapterga bir protokol stekini bog‘lash mumkin va aksincha bir necha steklarni bir adapterga bog‘lash mumkin. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling