Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish
Uskunalarni montaj qilishga qabul qilingan poydevorlarga va qurilish
Download 360.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Uskunalarni montaj qilishga qabul qilingan poydevorlarga va qurilish
konstruksiyalariga qо‘yiladigan talablar. Montaj ishlarini boshlashdan oldin montaj qilayotgan tashkilot, qurilish tashkilotidan uskunalar yoki metall konstruksiyalarni о‘rnatish uchun mо‘ljallangan poydevorlar va boshqa qurilish konstruksiyalarini qabul qiladi. «Qabul qilish - topshirish» dalolatnomalari belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va buyurtmachi vakili shuningdek, qurilish va montaj tashkilotlari tomonidan imzolanadi. Poydevor tayyorlash uchun belgilangan dopusklarga rioya qilish о‘ta muhimdir. Boshqa inshootlarga nisbatan montaj qilinayotgan uskunalarni muvofiqlashtiruvchi asosiy о‘qlarni aniq bо‘lib chiqish va loyiha о‘lchamlarining о‘zigina emas, balki barcha balandlik belgilari ham qat’iy aniq bо‘lishi shart. Balandlik belgilari nivelir bilan tekshiriladi. Poydevorning loyihalanadigan kattaliklardan maksimal ruxsat etilgan chetlanishlari deb quyidagilar qabul qilingan (mm): Loyihadagi asosiy о‘lchamlar (uzunlik, kenglik)…………+30 Balandlik belgisi:…………………………………………. uskunalar о‘rnatiladigan fundamentlar yuzalari…….....-30 anker boltlarning chiziq yon yuzasi………….…….….+20 Anker boltlar ostidagi quduqlar о‘lchovlari………………+20 Anker boltlar va fundament о‘qi uchun quduqlar markazi orasidagi masofa………………………………………….+10 Anker boltlar о‘qlaridan chetlanish (1m uzunlikka) …...….+1 Poydevor yuzasi balandligi belgilarining 30mm ga pasayishi vaqtida uskunaning tayanch yuzasi ostiga pо‘lat tagliklar tо‘shaladi (plankalar va ponalar) va uskuna о‘rnatib bо‘lingandan keyin, bir tekis qilib beton quyiladi. Temir-beton asosi uchun quyidagi loyihaviy о‘lchamlardan ruxsat etilgan chekinishlar belgilangan (mm. da): - Tayanch balkalarini belgilash balandligi…………………..20 - Balka о‘qi loyihasi joylashuvi……………….…………….25 - Yopmalarga uskunani mahkamlash uchun bolt ostidagi teshik о‘qi loyihasi joylashuvi……………………………..10 - Taxminan shunday chetlanishlar metall konstruksiyalardagi uskuna osti asoslari uchun ham qо‘llaniladi. Montaj maydonchasini tayyorlash loyihalash tashkiloti tomonidan tuzilgan montaj maydonchasini tayyorlash loyihasi, montaj ishlarini olib borish loyihasining bir qismini tashkil etadi. Bu loyihaga binoan, barcha mashina va uskunalar, quvurlar, yer osti va yer usti kommunikasiyalari, shuningdek, doimiy va vaqtinchalik yо‘llar, og‘ir, yirik о‘lchamli uskunalarni tashish yо‘llari, vaqtinchalik bino va inshootlar (omborxonalar, idoralar va boshqalar), yirik uskunalarni va metall konstruksiyalarni yig‘ish maydonchalari montaj qilinadi. Montaj maydonchalarida avvaldan yer osti kommunikasiyalarni yotqizish va vertikal loyihalashni bajarish kerak. Yig‘ma holda kо‘chirish mumkin bо‘lmagan yirik qurilmalarni yig‘ish va poydevorga kо‘tarishga tayyorlab bevosita о‘rnatish joyining о‘zida bajariladi. Download 360.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling