Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish


Montaj о‘tkazish usullari


Download 360.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi360.85 Kb.
#1436119
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

Montaj о‘tkazish usullari. Montaj о‘tkazish usullarini tanlash bir qator 
omillarga bog‘liqdir. Ular ichida asosiylari: montaj qilinadigan uskunaning 
chekka о‘lchamlari, og‘irligi va konstruktiv xossalari; montaj о‘tkaziladigan 
maydoncha va montaj о‘tkazish vaqtida va undan keyin bu maydonchada yuzaga 
keladigan ahvol; uskunaning fazoviy holati va uni joylashuvidagi geometrik 
belgilar: montaj mexanizmlari va moslamalar bilan jihozlanganlik; montaj 
texnikasi erishgan darajasi va hokazolar. Montaj ishlari 3 turda olib boriladi: 
sanoat, yirik bloklar bilan va joyida. 
Sanoat usuli – montajning ilg‘or usullaridan bо‘lib, montaj ishlari olib borish 
vaqtini keskin va unga sarf bо‘ladigan mehnat sarfini kamaytiradi. Uning 
mohiyati shundaki, uskunalar loyihadagi holatda poydevorga ekspluatasiyaga 
maksimal tayyor holda keltiriladi (uskunaning butunlay yig‘ilganligi, uning metall 
konstruksiyasi xizmatining, sinovlarning, issiqlik qoplamasini qayd qilish
shuningdek, yuzasini futerovkalash, yopib-ochiladigan armaturasini о‘rnatish va 
bog‘lovchi truba quvurlarini montaj qilish nazarda tutilyapti). 
Agar u yoki bu sabablarga kо‘ra industrial usuldan foydalanib bо‘lmasa 
montajni yirik bloklarda amalga oshiriladi. Bu montaj ishlari kо‘lamini, har bir 


blokni bir-biriga bog‘liq bо‘lmaganligi hisobiga, kengaytirishga imkon beradi. 
Bloklarni yig‘ish muddati va ketma-ketligi, ularning bevosita poydevorda 
birlashishi 
texnologiyalariga 
bо‘ysunadi. 
Uskunalar shunday bloklarga 
ajratiladiki, keyinchalik ularni birlashtirish mumkin bо‘lsin. Har bir blok og‘irligi, 
qо‘l ostida bor bо‘lgan kо‘tarish mexanizmlari va moslamalarning, yuk kо‘tarish 
imkoniyatlari darajasida bо‘lishi kerak. 
Joyida montaj qilish – ish unumi past, oddiy va sodda usullardan hisoblanadi. 
Bunda uskunalar, metall konstruksiyalar va truba quvurlar alohida detal va 
qismlardan bevosita о‘rnatiladigan joylarining о‘zida yig‘iladi. 

Download 360.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling