Ma`ruza №2: Korxonada ta’mirlash xizmatini tashkil qilish


 Uskuna va qurilmalarni ekspluatasiyaga topshirish


Download 360.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.05.2023
Hajmi360.85 Kb.
#1436119
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.3. Uskuna va qurilmalarni ekspluatasiyaga topshirish. 
 
Barcha qurilish-montaj ishlarini tugatilgandan sо‘ng, ishni bajaruvchilar 
obyektni buyurtmachiga topshirishga tayyorlashadi. Uskunalar ekspluatasiyaga 
sinovdan о‘tgan va normal ishlashga tayyor holda kiritilishi kerak. 
Uskunalarni topshirishdan avval ularda yuksiz holatda sinov о‘tkaziladi – 
sig‘im va uskunalar zichlanadi, mashina va mexanizmlar avval yuksiz holatda, 
sо‘ngra esa yuklangan holatda tekshiriladi. Sinash rejimi (bosim, yuklama, 
davomiylik), kamchiliklarni aniqlash usullari va ularni bartaraf qilish har qaysi 
uskuna uchun uning pasportida yoki ishchi chizmalarda va texnologik kartalarda 
kо‘rsatilgan. 
Belgilangan kamchiliklarni tо‘g‘rilangandan keyin buyurtmachi ishtirokida
nazorat sinovlari о‘tkaziladi va uskunaning kompleks tekshirishga tayyorligini 
ifodalovchi belgilangan shakldagi topshirish dalolatnomasi tuziladi. Obyektni 
kompleks tekshirish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Pudratchilar ushbu 
tekshiruvda belgilangani kabi, obyektni normal ekspluatasion rejimga chiqarish 
davrida ham alohida kamchiliklarni aniqlashadi. О‘zbekiston Respublikasi 
«Sanoat va tog‘ konlaridagi ishlarini xavfsiz olib borilishini boshqarish nazorat 
agentligi»ga qarashli bо‘lgan uskunalarni (0,07 MPa dan yuqori qо‘shimcha 
bosimda ishlaydigan jihozlar, kranlar, liftlar va hokazolar)ni ekspluatasiyaga 
qо‘yish faqatgina О‘zbekiston Respublikasi «Sanoat va tog‘ konlaridagi ishlarini 
havfsiz olib borilishini boshqarish nazorat agentligi»da rasmiylashtirilgandan 
keyingina amalga oshiriladi. 
Nazorat savollari. 
1. Loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi nima
2. Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil qilish. 
3. Ta’mirlash ishlarini ishlab chiqish usullari. 
4. Mashina va qurilmalarni yig‘ish va qismlarga ajratish texnologiyasi.

Download 360.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling