O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo’yilgan talablar
“Ta’lim to‘g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo o‘qituvchiga, uning bilimi va kasb mahoratining shakllanganlik darajasiga bog`liq. Zero, o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni nechog`lik vijdon, aql va pedagogik mahorat bilan bajarilishi jamiyat kelajagini ta’minlovchi muhim omildir.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o’tadi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatga ega bo’lishi kerak”.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?
O’qitivchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi shaxs sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 5-moddasining 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogic faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |