Ma’ruza №3. Qurilish mashinalari to‘G‘risida asosiy ma’lumotlar


Download 108.44 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi108.44 Kb.
#1631641
  1   2   3   4
Bog'liq
Maъруза №3

Ma’ruza №3. QURILISH MASHINALARI TO‘G‘RISIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR



REJA


1. Mashinalarga qo‘yiladigan umumiy talablar
2. Qurilish mashinalarining tasnifi
3. Qurilish mashinalarining umumiy tuzilishi
4. Qurilish mashinalarining kuch manbalari (kuch qurilmalari)

3.1. Mashinalarga qo‘yiladigan umumiy talablar


Mashina  bu energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirib foydalik ishni amalga oshiruvchi qurilmadir. Mashina umumiy korpusga birlashtirilgan (rama yoki stanina) bir nechta mexanizmlardan iborat bo‘lib, ma’lum aniq ishni bajarishga mo‘ljallangandir.
Mexanizm bu ta’sir etuvchi kuchlar ta’sirida ma’lum aniq harakat qiluvchi qo‘zg‘aluvchi zvenolar birlashmasidir.
Qurilish jarayonlari texnologiyasida turli-tuman mashinalardan foydalaniladi. Mashinaning tuzilishi, bajaradigan ishi, vazifasi bo‘yicha ish jarayonlariga eng muvofiq tarzda javob beradigan bo‘lishi kerak. Mashinalarga qo‘yiladigan talablar darajasi va ularning sifat jihatidan bahosi fan texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi.
Qurilish mashinalarini yaratishda konstruktiv, texnologik, foydalanish talablari, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy talablarga rioya qilish kerakki, ularning bajarilishi mashinaning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashi zarur.
Konstruktiv talablar shundan iboratki, mashina ma’lum sharoitda ma’lum vazifalarni bajara olishi, hozirgi standartlarning barcha ko‘rsatkichlariga javob berishi, Vatanimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan mashinalarning eng yaxshi namunalari qatorida turishi, unumli ishlashi, mustahkam va ishonchli ishlashi kerak.
Texnologik talablar detallar, umuman (detallarni), mashinani tayyorlashyig‘ish oddiy, qulay va arzonga tushishini ko‘zda tutiladi.
Foydalanish talablari shundan iboratki, qurilish mashinasidan foydalanish jarayonida unga texnikaviy xizmat ko‘rsatishda (moylash, yoqilg‘i quyish), rostlashda, detallarni almashtirishda qiyinchiliklar bo‘lmasligi, mashina o‘z vazifasiga monand bo‘lishi va ishlab chiqarish sharoitlarida belgilangan ish unumdorligini berishi ko‘zda tutiladi.
Iqtisodiy talablar - mashinaning o‘zining tannarxi va undan foydalanishda ketadigan harajatlarni iloji boricha kamaytirish. Ijtimoiy talablar-xavfsiz ishlashni va xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning qulay ishlashini ta’minlash. Bunda mashinistni charchab qolmasligi, atrof yaxshi kuzatilishini, o‘lchov asboblari qulay joylanishi, chang va shovqin kirmasligini ta’minlash, mashinada ishlab chiqarish estetikasi elementlari pardozi, tashqi ko‘rinishi hisobga olinishi ko‘zda tutiladi.
Ijtimoiy talablar mashinaning ergonomik sifatlarida o‘z aksini topadi. (GOST 22973 “Odam-mashina” sistemasi. Umumiy ergonomik talablar). Ishlab chiqarish jarayonida “operator-mashina-muhit” sistemasi ishtirok etganligi tufayli sistema butun elementlarning ergonomik monandligi to‘g‘risida gapiriladi.

Download 108.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling