Ma’ruza №4: Axborot infratuzilmasini fizik ximoyasini ta’minlash
Download 140 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma’ruza №4 Axborot infratuzilmasini fizik ximoyasini ta’minlash
Fizik xavfsizlik – tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan
biri bo’lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta’minlashda kalit, qo’riqchi, to’siq, eshik va shunga o’xshash vositalaridan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik xavfsizlikning shakli keskin o’zgarib bormoqda va tashkilotlardan ishchi kuchlari, aktivlar va ko’chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur aktivlarning fizik xavfsizligini ta’minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri bo’lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga, ishchi kuchlariga, tabiiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va boshqalarga e’tibor beriladi. Fizik xavfsizlikning vazifasi dasturiy ta’minot va qurilmalarni o’z ichiga olgan tashkilot binosini va aktivlarini o’g’irlikdan, bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan, iqlim o’zgarishlaridan, muhit o’zgarishlaridan va inson tahdidlaridan himoyalashdir. Tashkilotni mos ko’p sathli himoyalash choralari turli fizik tahdidlardan himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot binolariga tashqaridan kirishni va tashqi transport vositalarining harakatini nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi tashqaridan keluvchini yoki buzg’unchini tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini oldini oladi va tashkilotga dastlabki sathda bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni kamaytiradi. Himoyaning keyingi sathi transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot aktivlarini ichki va tashqi xavflardan himoyalaydi. Ushbu sathda uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash, tashkilot asosiy binolarini mashinalar to’xtash joylaridan ajratish, to’g’ri ventilyasiya tizimiga ega yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos joyga o’rnatish, ogohlantirish tizimlari va h. ushbu bosqichda amalga oshiriladi. Keyingi sath fizik himoyaning eng muhim qismi bo’lib, tashqaridan va ichkaridan (xodimlar) kiruvchilar nazoratlanadi. Agar buzg’unchi fizik aktivga hujumni amalga oshirsa, u tashkilotning maxfiy axborotini qo’lga kiritishi mumkin. Fizik himoya tarmoq, ilova yoki ma’lumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga o’xshash funksiyalarni bajarmay fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida himoyani ta’minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o’z ichiga oladi: - barcha kabel va tarmoq tizimlari; - tizim va kabellarni fizik nazoratlash; - tizim va kabellarning elektr ta’minoti; - tizimni madadlash muhiti. Fizik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar. Fizik xavfsizlikning buzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun’iy) amalga oshiriluvchi tahdidlar. Tabiiy tahdidlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg’ir va muzlarning erishi natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta’minotiga va server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server xonalari binolar yerto’lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko’proq zarar yetkazishi mumkin. Yong’inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari sababli yuzaga keladi. Yong’in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi binolari hamda qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to’liq yoki qisman zarar yetkazilishi mumkin. Zilzila yer qobig’ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya natijasida to’satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta’sir etib, tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va hujjatlarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning o’zgarishi natijasida yuzaga kelib, barcha tashqi faoliyatning to’xtatilishaga olib keladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijasida elektr quvvati o’zgarib, ish faoliyatiga ta’sir qiladi va tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin. Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo’ladigan salbiy ta’sirlarning aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan bo’ladigan quyidagi tahdidlar mavjud: Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling