Ma’ruza №6. Xlor olishning elektrokimyoviy usullari. Rеjа


Qattiq katodli elektrolizyorlarning ishlash prinsipi


Download 187.45 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi187.45 Kb.
#1428324
1   2   3   4
Bog'liq
6.XLOR OLISHNING ELEKTROKIMYOVIY USULLARI

Qattiq katodli elektrolizyorlarning ishlash prinsipi. Bunday elektrolizyorlarda diafragma va teshikli katodlardan foydalaniladi. Katodli sohada natriy gidroksidning konsentratsiyasi ortib boradi, bunday sharoitda gidroksid ionlarining anodli sohaga ko‘chishi sodir bo‘ladi va xlorning tok bo‘yicha chiqishi kamayadi.
Anolitning ishqorlanishini yo‘qotish maqsadida qarama qarshi tokli prinsipidan foydalaniladi: elektrolit gidroksid ionlarning elektromigratsiyasi va diffuziyalanishi natijasida anodga tomon xarakatlanayotgan ishqorga qarshi harakatlana boshlaydi. Qarama-qarshi tok OH- larning diffuziyalanishi va ko‘chishini to‘xtatadi. Elektrolit qarama-qarshi tokining tezligi taxminan gidroksid ionlarning harakatlanish tezligiga teng bo‘ladi. Agar elektrolitning harakatlanish tezligi gidroksid ionlarning ko‘chish tezligidan kam bo‘lsa, gidroksil ionlar anodli sohaga tushib qoladi. Agar elektrolitning harakatlanish tezligi gidroksid ionlarning ko‘chish tezligidan katta bo‘lsa xlor katodli sohaga tushadi.
Real sharoitda elektrolitning harakatlanish tezligining diafragmaning butun kesimi bo‘yicha gidroksid ionlarning ko‘chirish tezligiga tenglashtirish uchun sharoit yaratishning imkoni yo‘q. Diafragmalar elektrolitning harakatlanishi kapillyar g‘ovakchalar orqali sodir bo‘ladi.
Elektrolitning g‘ovakchalar markazidagi tezligi devor yaqinidagi tezligidan katta bo‘lib, gidroksil ionlarining tezligi esa butun g‘ovakchalar kesimida bir xil bo‘ladi. SHu sababli gidroksid ionlarning qisman anodli sohaga o‘tishini kuzatish mumkin va bu xlorning tok bo‘yicha chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qattiq katodli elektrolizyor 3.3.rasmda ko‘rsatilgan.
Texnologik parametrlarning ta’siri:

  1. Natriy xloridning dastlabki konsentratsiyasi. Natriy xlorid konsentratsiyasini ortishi bilan xlorning tok bo‘yicha chiqishi ham ortadi, muvozanatli potensial xlorning eruvchanligi va kislorodning tok bo‘yicha chiqishi kamayadi.

  2. Tokning anodli zichligi. Natriy xloridning yuqori konsentratsiyalarida zichlik xlorning tok bo‘yicha chiqishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi va iqtisodiy xulosalar ta’sirida tanlanadi.

  3. Temperatura. Temperatura ortishi bilan xlorning eruvchanligi kamayadi, elektr o‘tkazuvchanligi ortadi, xlorning o‘takuchlanishli ajralishi kamayadi, kuchlanish tushadi.




    1. Download 187.45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling