Ma’ruza №7 Mavzu: Genetik injeneriya va biotexnologiya Ma’ruzaning rejasi


Irsiyatni  organizm  darajasida  qayta  tuzish


Download 419.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi419.45 Kb.
#214529
1   2   3   4
Bog'liq
bio 12

Irsiyatni  organizm  darajasida  qayta  tuzish.  Yangi  genetik  usullarning  paydo 

bo‘lishi  bilan  irsiyatni  organizm  darajasida  qayta  tuzish  imkoniyati  to‘g‘ildi.Dj. 

Gordon  (1962)  birinchilardan  bo‘lib,  voyaga  etmagan  baqaning  (dumli  davrida) 

epiteliya  hujayra  yadrosini,  yadrosi  olingan  baqaning  tuxim  hujayrasiga  ko‘chirib 

o‘tkazdi.  Bunday  tuxim  hujayradan  embrion  rivojlanib,  yosh  dumli  baqa  hosil 

bo‘ldi.  U  esa  voyaga  etgan  baqaga  aylanib,  ko‘paya  boshladi.  YAdrosiz  tuxim 

hujayraga  shu  organizmning  somatik  hujayra  yadrosini  ko‘chirib  o‘tkazish  bilan 

genotipi  bir  xil  bo‘lgan  organizmlarni  olish  mumkin.  Agar  shu  usulni 

sutemizuvchilarda  o‘tkazilsa,juda  katta  amaliy  foydaga  erishish  mumkin.  CHunki 

qoramollar,  qo‘ylar  va  boshqa  qishloq  ho‘jalik  hayvonlari  orasida  sersut,  seryog‘, 

serjun,  go‘shtdorlari  uchraydi.  Jinsiy  ko‘payish  paytida  bu  yaxshi  belgilar  yuzaga 

chiqmasligi  mumkin.  Sermahsul  hisoblangan  bitta  hayvon  somatik  hujayrasidan 




olingan  diploid  yadroni  ko‘plab  yadrosiz  tuxim  hujayralarga  o‘tkazib,  sermahsul 

hayvonlar  sonini  ko‘paytirish  mumkin.  Lekin  bu  usulni  yuqori  organizmlarda 

qo‘llash  ancha  noqulay,  chunki  ularning  tuxim  hujayrasi  baqanikiga  o‘xshash 

otalanishi  va  rivojlanishi  suvda  kechmaydi,  shuning  uchun  somatik  hujayra 

yadrosini  o‘ziga  qabul  qilgan  tuxim  hujayrani  hayvonlarning  bachadoniga 

o‘tkazish kerak bo‘ladi. 

Organizm  darajasida  o‘tkazilgan  genetik  injeneriyaga  E.Mak-Lorenning  allofen  ( 

organizmida  har  xil  irsiy  omili  bo‘lgan  organizmlar)  sichqonlarni  yaratish 

tajribasini ko‘rsatish mumkin. Embrioni 8 ta blastomera holatida bo‘lgan organizm 

embrioniga  pronaza  fermentini  ta’sir  ettirib,  blastomerlarini  alohida-alohida  qilib 

ajratiladi.  SHu  usul  bilan  bir-biridan  ajratilgan  bitta  sichqonning  embrion 

blastomerlari  boshqa  sichqonning  shu  yo‘lda  ajratilgan  blastomerlariga  qo‘shiladi 

va  ulardan  yaxlit  embrion  olinadi.  Rasmda  oq  va  qora  sichqon  blastomerlarining 

qo‘shilishidan olachipor (allofen) sichqonning paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan. Qora va 

oq  sichqonlar  blastomerlarining  birga  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lgan  murtakni 

gastrulyasiya  davrida  probirkadan  urg‘ochi  sichqonning  bachadoniga  ko‘chirib 

o‘tkazildi. SHu  murtakdan rivojlangan sichqon bolasida har ikki ota-onaning  ham 

genetik  xusisiyatlar  paydo  bo‘lib,  rangi  olachipor  bo‘ladi.  Allofen  sichqonlarni  3 

ta, 4 ta va undan ham ortiq organizmlar embrionining blastomerlarini qo‘shib ham 

olish mumkin.  




Download 419.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling