Ma’ruza №7 Yer osti kon laximlarida tazolab qazib olish jarayoniga qo’yiladigan xavfsizlik talablari


tozalash ishlarini bajarishga kо‘yiladigan kо‘shimcha koidalar


Download 88.83 Kb.
bet6/8
Sana24.03.2023
Hajmi88.83 Kb.
#1294139
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma\'ruza

tozalash ishlarini bajarishga kо‘yiladigan kо‘shimcha koidalar
236. Kamera-ustunli qazish tizimida seliklar va qо‘zg‘alishi bо‘yicha tutash barcha gorizontlardan tashkil topgan kameralarning bо‘ylama о‘qlari о‘qlari bitta vertikal tekislikda bо‘lishi kerak.
Seliklar va qо‘zg‘alish bо‘yicha kameralarning bitta о‘qda bо‘lishiga rioya qilish imkoniyati bо‘lmaganda loyihada belgilangan kenglikda tasmali selik barpo etilishi kerak.
237. Qavat osti shtreklar bilan qazib olish tizimida:
A) qavat osti va mustahkam rudalarning zaxodkalari kengligi kamida 2,0 m va balandligi kо‘pi bilan 2,5 m bо‘lishi kerak. Zaxodka etagi gorizontal bо‘lishi kerak. «yopiq» zaxodkalarning balandligi 3 m gacha bо‘lishi ruxsat etiladi;
B) juda mustahkam rudalarni qazib olishda qavatostilarning ship-kamar holatida joylashishi ruxsat etiladi, kamar old qismining maksimal balandligi 6 m dan oshmasligi kerak;
V) qavat osti qazilmagohlar(treklar, ortalar)dan rudani otboyka qilishda, agar oldindan tayyorlangan shtangali shpur dastalaridan kam bо‘lmagan miqdordagi о‘yiqlar bо‘lmasa, qazilmalardan kameraga shtangali shpur dastalarini portlatish ta’qiqlanadi.
238. Qavat-qavat о‘pirib qazib olish tizimida:
A) zaxodka kengligi va balandlik 3m dan oshmasligi kerak;
B) blokni ishlash bir vaqtning о‘zida bir nechta qavatda olib borilishi mumkin, bunda bitta qavatda olib borilayotgan ishlar ikkinchi qavatdagiga nisbatan elastik tо‘shama (mat) va jinslarning normal tushishini ta’minlovchi masofada, lekin kamida 10 m orqada bо‘lishi kerak.
239. Qavatosti о‘pirish yordamida bir vaqtning о‘zida bir nechta qavatosti ishlanayotganda har qaysi yuqori qavatosti pastkisiga nisbatan loyihada belgilangan, lekin bitta qavatosti balandligiga teng uzunlikdan kam bо‘lmagan masofada oldinda bо‘lishi kerak.
240. Blokli (qavatli) о‘pirish usuli yordamida qazib olish tizimida:
A) qirqma gorizontidan yuqorida va о‘pirilish zonasida joylashgan barcha qirqma va tayyorlov qazilmalari, shu jumladan konturlovchi qazilmalarning bloki (kamerasi) da bajariladigan kavlash ishlari о‘pirish boshlangunga qadar tugallangan bо‘lishi kerak;
B) о‘pirish jarayonini kuzatish uchun mо‘ljallangan kuzatuv qо‘zg‘algichlari blok (kamera) konturi tashqarisidan, ularning buzilishiga yо‘l qо‘ymaydigan masofada о‘tkazilishi kerak;
V) ruda massivini chuqur quduqlar bilan burg‘ilash ishlari olib boriladigan qо‘zg‘algichlar loyiha bо‘yicha olib о‘tilishi kerak;
G) burg‘ilash qazilmalari otkatka gorizonti yoki ikkilamchi maydalash (skreperlash) gorizontiga ventilyatsiya qazilmalari bilan bekitilgan qо‘zg‘algichlar orqali birlashishi kerak.
241. Mustahkam jinslarlardan tashkil topgan sharoitlarda qavatli majburiy о‘pirish usuli yordamida qazib olish tizimi qо‘llanilganda jinslar maxsus loyiha bо‘yicha chuqur quduqlarda joylashtirilgan zaryadlarni portlatish orqali sun’iy tarzda tushirib olinishi lozim.
242. Sun’iy blokli о‘pirish tizimlarida qirqma maydonining minimal о‘lchamlari rudaning xususiyatlariga qarab loyihada belgilanishi va uning о‘zi о‘pirilishi ta’minlanishi kerak.
243. Ruda yoki jinslarning о‘pirilishi natijasida chiqarish yoki skreperlash gorizontida yuqori bosim yuzaga kelganda saqlovchi seliklarning holati ustidan muntazam kuzatuv olib borilishi, ruda jadal olib chiqilishi va elash (skreperlash) gorizonti qazilmalarining mahkamlash inshootlari kuchaytirilishi kerak.
244. Har qaysi blokning chiqarish (elash yoki skreperlash) gorizonti umumiy shaxta depressiyasi hisobiga shamollatilishi, ishlangan havo oqimlari ventilyatsiya gorizontiga yoki maxsus ventilyatsiya qazilmalari yordamida yuzaga chiqarib yuborilishi kerak.
245. Alohida shamollatish tizimiga ega, va changni sanitariya meyorlari darajasigacha kamaytirishni ta’minlaydigan chang tutish va havoni tozalash ishlari tashkil etilgan sharoitlarda yer osti qazilmalarida mexanik maydalashga ruxsat etiladi.
246. Ortish mashinasi ishlayotgan paytda zaboyda va ishchi organ yaqinidagi xavfli zonada turish, shuningdek ushatib olingan kon jinslarini kovsh yoki konveyerga qо‘lda ortish ta’qiqlanadi.
247. Nam kon jinslarini rudani tushirish inshootlari orqali chiqarib olish maxsus ishlab chiqilgan ishlarni tashkil etish loyihasi bо‘yicha va rudani tushirish inshootlari uzoqdan turib boshqariladigan lyuk zatvorlari bilan jihozlangan sharoitlarda yoki skreper lebyodkalaridan foydalanib va rudani tushirish inshooti ostida odam bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydigan boshqa choralar kо‘rilgan holda amalga oshirilishi kerak.

Download 88.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling