- 15.7-rasm. Conditional Double Probe-dagi joylashtirgich
Agar siz boshqa an`anaviy dasturlash tillarida dastur tuzgan bo`lsangiz, unda bir necha marotaba kodlariz qismini izohlashga duch kelgansiz. Masalan, C yoki Java dasturlash tillarida (/*) orqali izoh qismini ochish va (*/) orqali esa o`sha qismni yopishingiz mumkin. Bu qismlar dasturda bajarilmaydi. Yoki (//) belgiisi yordamiba bir qatorli izohlarni yaratishingiz mumkin. - Kodni olib tashlash tuzilmasi nima?
LabVIEW da grafik kodlar bo`lagini bajartirmoqchi bo`lmasangiz, unda Diagram Disable va Conditional Disable tuzilmalaridan foydalanishingiz mumkin. Bu tuzilmalarning ikkalasi ham Programming >> Structures ichki palitrasida joylashgan. Variant tuzilmasi singari Diagram Disable va Conditional Disable tuzilmasi sizga bir necha diagram bloki kodini yaratish imkonini beradi. Lekin siz e`tibor qaratishiz mumkinki, Diagram Disable va Conditional Disable tuzilmalari bajarish uchun ichki diagramma bloki kodini tanlash terminallariga ega emas. Chunki LabVIEW da tahrirlash jarayonida faqat bir freym ishlatish uchun aniqlanadi. Bu tuzilmani ishaltib, biz ko`pgina freymlarni yaratishimiz mumkin va ularni istalgancha nomlashimiz mumkin. Biz birdan ko`p bo`lmagan freymni ishlatish uchun tanlashimiz mumkin, qolganlari esa izoh sifatida ishlatiladi. Diagram Disable tuzilmasiga sichqonchani o`ng tugmasini tanlab, Enable This Subdiagram yoki Disable This Subdiagram optsiyasini tanlab, u yoki bu freymni faollashtirish yoki izohlash mumkin. Bir vaqtda faqat bir ichkidiagramma faol bo`lishi mumkin, lekin albatta biror-bir freym faol bo`lishi shart degani emas. Siz freym faol yoki faol emasligini [*] belgisi orqali darhol bilib olishiz mumkin(15.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |