Marshrutizator nazorat summani tekshiradi, agar paket ma’lumotlari buzilmagan bo’lsa, paketni qayta ishlashini boshlaydi va uzatish adresi bo’yicha keyingi marshrutizatorni aniqlaydi. Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki o’zgaruvchan uzunligiga ega bo’lishi mumkin, sarlavhada joylashgan axborot tuzilishi ham o’zgarishi mumkin Marshrutizator ma’lumotlarni uzatishi bo’yicha ikki guruxga bo’lingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan: Marshrutizator ma’lumotlarni uzatishi bo’yicha ikki guruxga bo’lingan, ularning xar biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan: Masofa-vektor algoritmi Masofa-vektor algoritmlari uncha katta bo’lmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi. Katta tarmoqlarda ular intensiv keng ogoxlantirish trafiki bilan aloqa liniyalarini sifatsiz qiladilar. bundan tashqari bu algoritm konfiguratsiyaning o’zgarishi har doim xam to’g’ri bajarilmaydi, chunki marshrutizatorlar tarmoqdagi aloqalar topologiyasi aniq tushunchaga ega emaslar, ular faqat vositachilar orqali olingan, umumlashgan axborotga – masofa-vektoriga egalar. Masofa-vektori protokoliga muvofiq marshrutizator ishi ko’prik ishini eslatadi, chunki bunday marshrutizator tarmoqning aniq topologik sur’atiga ega emas. Masofa – vektori algoritmi asosidagi eng ko’p tarqalgan protokol bo’lib, RIP protokoli xisoblanadi. Aloqa xolatining algoritmi Aloqa xolatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun etarli axborot bilan ta’minlaydi. Hamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasi o’zgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogoxlantirishli jo’natmalar faqat aloqalar xolatining o’zgarishidagina ishlatiladi, bunday holat ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar xolatini qandayligini tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator o’zining yaqin qo’shnilari bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik xam keng ogoxlantiruvchi, lekin u qo’shnilar orasida bo’lganligi sababli tarmoqni kamroq sifatsizlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |