Ma’ruza: atrofimizdagi olam dasturi va darsligini o'rganish, darsni kuzatish va tahlili


Download 268.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.02.2023
Hajmi268.04 Kb.
#1217874
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
19. Atrofimizdagi olam



MA’RUZA: ATROFIMIZDAGI OLAM DASTURI VA 
DARSLIGINI O'RGANISH , DARSNI KUZATISH VA TAHLILI. 
 
 
R e j a: 
1. 1-4 sinfning tabiatshunoslik kursi o’rta maktabda tabiiy geog- 
rafiyaning tarkibiy qismi ekanligi. 
2. O’quvchilarning tabiatshunoslikka oid tushunchalarini shakl- 
lantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor
berish tushunchalarini shakllantirish. 
3. Hayotning paydo bo’lishi va rivojlantirishning moddiy asoslari. 
4. Tabiatshunoslik, biologiyada oid yutuqlarini qishloq xo’jaligiga 
tadbiq qilish, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish haqidagi 
ilk tushunchalar. 
Quyoshing nuri bu hayot demakdir, 
Tomchi suv nurdan yaralgan dunyo, 
Barcha tirik zotga tabting kerakdir, 
Olloh inoyati muqaddas ro’yo. 



Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib 
taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk 
ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi. 
Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari 
tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya 
nom ololdi. 
Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt 
etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak. 
Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq 
singdirilish lozim. 
Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish 
uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak. 
Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs 
bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu 
boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat, 
bilim talab qilinadi. 
Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”, 
“Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning 
manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar, 
foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish 



uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha 
“shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan. 
1-2- 
sinflarda 
“Atrofimizdagi 
olam” 
darslarini 
o’tish 
orqali 
“Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi. 
Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita 
bog’lab o’tilishi kerak. 
Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni 
uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini 
sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda, 
odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin. 
Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada 
amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda 
o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi. 
Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal 
ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la 
ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida 
shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi. 



Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik 
hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov 
qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi. 
Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi, 
o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin
munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi 
kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya 
orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir. 
Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi. 
Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol 
bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum. 
Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan: 
Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi. 
Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan 
past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi 
davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi. 
O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi 
bormi? Bor bo’lsa, u nimalar? 



Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining 
yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi. 
Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni 
ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik
bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib: 
suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya 
inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga
singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni 
ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz” 
o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab 
qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak. 
3-sinf tabiat darslarida o’rab turgan tabiat, undagi jismlar, tuproq, suv, havo, 
foydali qazilmalar, shuningdek o’simlik va hayvonat dunyosi, sog’liqni va tabiatni 
himoyalash kabilar bilan tanishtiriladi. 
Odam jonli tabiatning bir qismi bo’lib, u yerdagi hamma mavjudotlarning 
eng ajoyibidir, gultojidir. 
Inson ana shu nomiga hamisha munosib bo’lmog’i kerak. 
Foydali qazilmalar davlat tayanchi. U davlat iqtisodining sezilarli qismini 
tashkil qiladi. Lekin ulardan ham noo’rin foydalanish oqibati taqchilikka olib 
kelishi tushutiriladi. 



Masalan: tabiiy gazni isrof qilish oqibatida gaz zaxiralari tugab qolishi 
mumkin. Sanoat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik bu 
paxtadir. Paxtadan - ip, yo’g’, kunjara, sovun, spirt, qog’oz, linoleyum, lak, charm, 
g’ildirak moylari kabi mahsulotlari olinadi. 
O’qituvchi shu mavzuni o’tish orqali maqsadiga yetish uchun testlar tashkil 
qilishi mumkin. O’zaro savol-javoblar ham tashkil qilish maqsadga muvofiq. 
“Paxta-milliy boyligmiz” mavzusida insholar, ijodiy ishlar qilishi ham 
mumkin. Paxtadan tayyorlanadigan ayrim mahsulotlarni yig’ib, sinfda “Milliy 
boylik” burchagi tashkil qilish ham mumkin. 
4-sinflarda ekologik muammolar bilan yanada chuqurroq tanishtiriladi. 
“Uyimiz ekologiyasi”, Ko’chamiz ekologiyasi, “Mahallamiz ekologiyasi” 
mavzularini ko’tarib, o’quvchilarga mustaqil ishlar, ko’rgazmalar tanlovlari, 
she’rlar va hikoyalar tanlovlari nainki sinfda balki maktablar aro tashkil qilish ham 
maqsadga muvofiq. 
Konstitusiyamizda tabiatga, atrof-muhitga munosabatlari qonun bilan 
belgilab qo’yilgan. Masalan: 50-moddasida: 
“Fiqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga 
majbur” deyilgan. 



Tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan Davlat qonunlari, “Qizil kitob” 
kabi tushunchalarni muntazam berib borishi kerak. Yoshlarga atrof-muhitni 
muhofaza qilish va uni yaxshilash ta’limining asoslarini hozirgi tasavvurlarga 
ko’ra beshta fazaga bo’lish mumkin. 
Birinchi-dunyo moddiydir va murakkab bog’lanishlar tizimidan iboratdir, 
uning elementlarini o’zgarishi o’zaro bog’langandir. Ikkinchi-tabiatni muhofaza 
qilishda dunyoning moddiylik qonuniyatlarni va ularning o’zaro ta’siri va 
munosabatlarini ifodalaydigan dasturlar va o’quv qo’llanmalari bo’lishi zarurligi. 
Uchinchi-insoniyat va jamiyat zarurligi; uchinchi-insoniyat va jamiyat jonli tabiat 
evolyutsiyasining natijasi va shining uchun tabiatning ajralmas qismi ekanligi; 
to’rtinchi-biosferada hosil bo’lgan o’zgarishlar va jamiyat uchun zararligi tabiat va 
jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning boshqarma mexanizmi yo’qligi yoki 
taraqqiyot ilmiy-texnik jihatdan asoslanmaganligi; beshinchi-tabiat jamiyatning 
rivojlanish tezligiga ta’sir etishi, ammo lekin uning munosabatlar xarakteriga ta’sir 
ko’rsatmasligi. Mana shu metodologik asoslardan kelib chiqgan holda yoshlarga 
muhiti muhofaza qilish va uni yaxshilash bo’yicha hozirgi zamon jamiyati 
ekologik muammolari haqida ilmiy asoslangan bilimlar berishi kerak. 
Atrof-muhitni himoya qilish ta’limoti ekologik ongli shakllantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Avlodlar sog’lomligi uchun ekologik jihatdan sog’lom muhit kerak. 



Bunday muhitni faqat har tomonlama yetuk, ekologik jihatdan yuqori 
madaniyatga ega bo’lgan shaxslardan tashkil topgan jamiyatgina hosil qilishi 
mumkin. 
Madaniyatli shaxs tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligini yaxshi 
biladi. O’quvchilarga har doim, bugungi darajasiga o’z mehnati tufayligina 
erishganligini, ijtimoiy foydali mehnatning har doim afzalligi ilk tushunchalarini 
berib boriladi. 
O’quvchilarga mustaqil ravishda ijodiy va mustaqil ishlar, topshiriqlar berib, 
ularning mustaqil yod qilish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib borish
kerak. Atrofdagi olam predmet va ob’yektlari haqida shakllangan tasavvurlarini 
o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat 
qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar. 
Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda 
o’qtuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk 
shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalar 
hal qilinadi. 
O’quvchilarga o’z qishlog’i va shahlari misolida jamiyat hayoti bilan 
tanishtiriladi. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari. Shunga oid 
odamlarning kasblari, madaniyati va ta’lim haqidagi elementar tasavvuriga ega 
bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi 



muhim o’zaro aloqalar ochiladi. Turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat 
tarbiyalanadi. 

Download 268.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling