Maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish; reja


Download 114.6 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi114.6 Kb.
#1520241
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ьфкгяф

Yong‘in xavfsizligi – ob’ektda yong‘in paydo bo‘lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki sog‘liqning keskin yomonlashuviga olib keladigan omil. Harakatlanayotgan mashina, mexanizm, yuk ko‘tarish vositalari bilan ko‘tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchi, ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
Ishlab chiqrishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi bug‘lari, pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligikishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.
Shikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
Shaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. Shaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasalliklardir.

Download 114.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling