Maruza ka ki
Bul funksiyalarini amalga oshirish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Bul funksiyalarini amalga oshirish
Bul funksiyalari ham, odatdagi algebra funksiyalari kabi bitta, ikkita, uchta va hokazo sondagi o‘zgaruvchilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: oddiy bir funksiya f- ni quyidagicha aniqlashtirishimiz mumkin, f (A)=1, agar A=0 bo‘lsa, f (A) = 0, agar A=1 bo‘lsa. Bunday funksiya НЕ funksiyasi bo‘ladi. n-ta o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan, bul funksiyasi o‘zgaruvchilarining mavjud kombinatsiyalari soni 2 n - taga teng bo‘ladi. Ushbu funksiyaning barcha qiymatlarini esa, 2 n - ta qatorga ega bo‘lgan jadval yordamida yozib chiqish mumkin, bunday jadval Bul algebrasida haqiqat jadvali deb ataladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elementlar bilan birga keltirilgan jadvallar, ularning haqiqat jadvallari hisoblanadi. НЕ funksiyasi bitta o‘zgaruvchili, И va ИЛИ funksiyalari esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyalardir. Ikkita o‘zgaruvchili funksiyalarning haqiqat jadvallarida, o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari odatda 00, 01, 10 va 11 ketma-ketlikda yoziladi. Bunday funsiyalarni to‘liq tavsiflash uchun 2 2 =4 ta razryadli ikkilik son kerak bo‘ladi, va u xaqikat jadvalining natijalar ustunini vertikal tarzda o‘qish bilan hosil qilinadi. Shunday qilib, И – bu 0001, ИЛИ – 0111, НЕ-И – 1110 va НЕ-ИЛИ – 1000 bo‘ladi (1.18, 1.20 va 1.21- rasmlarga qaralsin). 4-ta razryadli ikkilik sonlar ketma-ketligining 16 xil (0000, 0001, 0010, …, 1111) kombinatsiyasini yozish mumkin, bu esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning 16-ta xili mavjud ekanligini anglatadi. Odatdagi algebrada esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning cheksiz sondagi xillari mavjud. Bunday funksiyalarni hech birini, o‘zgaruvchilarining barcha mumkin bo‘lgan qiymatlari jadvali yordamida yozib bo‘lmaydi, negaki ushbu o‘zgaruvchilarning qiymatlari soni ham - cheksiz bo‘ladi. Uch o‘zgaruvchili M=f(A,B,C) bul funksiyasini yuqorida ko‘rib o‘tilgan sxemalar yordamida qanday amalga oshirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Shart - ushbu funksiyaning qiymati, uning o‘zgaruvchilari tarkibida qaysi bir qiymat ko‘proq bo‘lsa, o‘shanga teng bo‘lsin. Avval haqiqat jadvalini tuzib olamiz (1.22-rasm). Funksiyaning 1-ga teng bo‘lgan qiymatlari asosida quyidagicha yozuvni hosil qilamiz: = ̅ + + ̅ + (1) ya’ni o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari 011, 101, 110 va 111 bo‘lsa, funksiya 1 qiymatni (true), qolgan xolatlarda esa 0 qiymatni (false) qabul qilar ekan. Ushbu funksiyani amalga oshirish uchun uchta kirishga ega bo‘lgan uchta И elementi, to‘rtta kirishga ega bo‘lgan bitta ИЛИ elementi va uchta o‘zgaruvchilarni inkorlarini hosil qilib olish uchun uchta НЕ elementi kerak bo‘ladi. 1.22-rasm. M=f(A,B,C) funksiyasining xaqiqat jadvali va mantiqiy sxemasi. И, ИЛИ, НЕ elementlardan foydalangan xolda o‘zgaruvchilari ko‘p bo‘lmagan ixtiyoriy bul funksiyasining mantiqiy sxemasini hosil qilish ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin: 1.Berilgan funksiyaning haqiqat jadvali tuzib olinadi. 2.Har bir o‘zgaruvchining inkorini hosil qilib olish uchun sxemaga invertorlar kiritiladi. 3.Haqiqat jadvalining 1-ga teng har bir qatori uchun sxemaga И elementlari kiritiladi. 4.И elementlarining kirishlariga jadvalning 1-ga teng qatorlariga mos keladigan o‘zgaruvchilar ulanadi. 5.Barcha И elementlarining chiqishlarini, ИЛИ elementining kirishlariga ulanadi. Ushbu ketma-ketlik bul funksiyasi (1) ifoda ko‘rinishida, ya’ni ko‘paytmalarning- yig‘indisi shaklida keltirilgan hol uchun o‘rinlidir. Bu misolda, bul funksiyasini И, ИЛИ, НЕ elementlardan foydalangan holda qanday amalga oshirish ko‘rib chiqilidi. Amaliyotda esa, odatda bir xil ventillardan foydalangan holda, ya’ni bir xil bazislar asosida sxemalarni qurish amalga oshiriladi. Negaki integral sxemalarni ishlab chiqishda shunday yo‘l tutilgan. Buning ko‘p foydali tomonlari bor. Kompyuterlarda mantiqiy sxemalarni amalga oshiruvchi integral sxemalar – НЕ-И va НЕ-ИЛИ bazislari asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun istalgan ko‘rinishdagi bul funksiyasini amalga oshirish uchun, Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalari hisoblangan И, ИЛИ, НЕ funksiyalarini (elementlarini), НЕ-И va НЕ-ИЛИ bazislari asosida amalga oshirib olish kerak bo‘ladi. Bu quyidagicha bajariladi (1.23-rasm): 1.23-rasm. Bul algebrasining asosiy mantiqiy funksiyalarini НЕ-И va НЕ-ИЛИ bazislari yordamida amalga oshirish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling