Ma'ruza kirish. Reja
Download 1.83 Mb.
|
Ma\'ruzalar 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- 1. Elektr zanjirlarini ulab
@dars_ishlanma_yangi Ma'ruza 1. KIRISH. Reja: 1. Elektr apparatlarining himoya qobiqlari. 2. Elektr apparatlariga iqlimiy omillarning ta'siri. 3. Elektr apparatlariga qo’yiladigan talablar. Tayanch so’z va iboralar: apparat, rostlovchi, o’lchash apparatlari, IP22, IP20, ijro, iqlimiy rayon, eletr apparatlarining xizmat muddati. Elektr apparati - bu elektr energiyasini iste'mol qiluvchi va taqsimlovchi, o’zgartiruvchi va uzatuvchi qurilmalarning boshqaruvchi va rostlovchi, himoyalash, o’lchash va nazoratlash, elektr zanjirlarini ulab - uzish uchun qo’llaniluvchi elektrotexnik qurilmadir. Elektr apparati deganda energetikada, sanoatda, xo’jalikda va turmushda qo’llaniluvchi keng doiradagi xar-hil turdagi qurilmalar tushuniladi. Ushbu qo’llanmada elektr tizimlarida, sanoat korxonalarining elektr ta'minot sxemalarida, texnolgik jarayonlarni avtomatlashtirishda va elektr yuritmalarda qo’llaniladi-gan apparatlarning nazariyasi asoslari, konstruksiyasi va ishlatish xarakteristikalari o’rga-niladi. Elektr apparatlarining sinflarga ajratilishi bir qator xususiyatlari bo’yicha amalga oshiriladi: asosiy bajaradigan funksiyasi, qo’llash doirasi, ishlash prinsipi, tokining turi, atrof muhit ta'siridan himoyalanganligi, konstruktiv xususiyatlari va boshqalar. Asosiysi bu asosiy bajaradigan funksiyasi bo’yicha sinflanishidir, bunga ko’ra elektr apparatlari quyidagi katta guruxlarga bo’linadi. 1. Elektr zanjirlarini ulab - uzish uchun xizmat qiluvchi taqsimlash qurilmalarining kommututsion apparatlari. Bu gurux apparatlariga rubilniklar, paketli o’chirgichlar, yuklama o’chirgichlar, uzgichlar, ajratkichlar, qisqa tutushtirgichlar, avtomatik uzgichlar va saqlagichlar kiradi. Bu gurux apparatlari ish jarayonida kamroq yoqib o’chiriladi. Ba'zi xollarda bunday apparatlar tez-tez yoqib o’chiriladi (masalan, elektr pechlarining ta'minot zanjirlaridagi yuqori kuchlanish o’chirgichlari). Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling