Ma'ruza kirish. Reja
Download 1.83 Mb.
|
Ma\'ruzalar 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA – 2 ELEKTR O’TKAZGICHLARDAGI ELEKTRODINAMIK KUCHLAR. REJA
- Tayanch so’zlar
Nazorat savollari
Elektr apparti nima? Elektr apparatlariga qanday talablar qo’yiladi? Elektr apparatlarining qanday turlarini bilasiz? Adabiyotlar Imomnazarov A.T. elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, - Toshkent.:, “Ta’lim”, 2009., -185b. Imomnazarov A.T. sanoat korxonalri va fuqarolik binolarining elektr jihozlari, - Toshkent.:, “ILM ZIYO”, 2006., -185b. Бойко В.И. и др., Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры. Учебник,-С-Петербург.:, БХВ 2004. Браславский И.Я. Асинхронный полупроводниковый электропривод с параметрическим управлением. –М.:, Энергоатомиздат, 1998. MA’RUZA – 2 ELEKTR O’TKAZGICHLARDAGI ELEKTRODINAMIK KUCHLAR. REJA: Elektromexanik tizimlarning elementlari. Boshqariluvchi elementlar. Zamonaviy o’zgartkichlar. Tayanch so’zlar: ishchi, boshqaruv,chastota o’zgartkichlari, tok o’zgartkichlari, kuchlanish o’zgartkichlari,elektromexanik va elektromagnit kuchaytirgichlar. «EMTning elemantlari» atamasi qo’llanilganda elektromexanik tizim tarkibi-ga kiruvchi boshqaruv tizimlari va ma’lum boshqaruv vazifalarini bajaruvchi konstruktiv yoki texnik qurilmalar tushuniladi. EMTning har bir elementi bu ma-tematik andoza yoki zveno bo’lmay, balki konstruktiv jihatdan tugal texnik quril-madir. Elementlarning ichki tuzilishi, ishlash asoslari, ichki jarayonlarning kechishi va qurilmalarning texnik jihatdan murakkab darajasi xilma-xil bo’lishi mumin. 2.1-rasmda EMTning tizim sxemasi tasvirlangan. EMTning tarkibiga kiruvchi elementlar o’zining bajaradigan vazifalari va tizimdagi tutgan o’rniga qarab bir necha turga bo’linadi. EMTning elementlari energetik holati nuqtayi nazaridan qaraganda ishchi va boshqruv elementlarga bo’linadi. Ishchi elementlardan o’tayotgan asosiy elektr energiya oqimi, mexanik ener-giyaga aylanitirilib, ishchi organ (IO)ga uzatiladi, bu qismlar EMTning energetik qismi deb yuritiladi (2.1-rasmning punktirli chiziqdan o’ng tarafida joylashgan qismlar). Elektromexanik tizimning ishchi elementlariga motor (M), boshqariluvchi o’zgartkich (BO’) va ishchi organ (IO) bilan Mni bog’lovchi kinematik zanjir (KZ)-lar kiradi. Motorning kirish elektr zanjirlari ko’rsakichlari bilan chiqish mexanik ko’rsatkichlari orasidagi bog’lanishlar «Elektr yuritma asoslari» kursida mufassal o’rganiladi. Ushbu kursda esa EMTning ishchi elementlaridan, asosan, boshqariluvchi o’zgartichlargina o’rganiladi. 2.1-rasm. Elektromexanik tizimning tarkibiy tuzilishi. Boshqariluvchi o’zgartkichlar vazifaviy xususiyatlariga qarab uch toifaga bo’linadi: kuchlanish o’zgartkichlari (kuchlanish manbalari), tok o’zgatkichlari (tok manbalari) va chastota o'zgartkichlari. Energiyani o‘zgartirish vositalariga qarab o‘zgartkichlar elektromexanik (o'zgarmas va o‘zgaruvchan tokgencratoriari), elektromagnit (magnit) kuchaytirgichlar, induktiv-sig‘imli parametrik tok o‘zgartkichlari va elektr (yarimo'tkazgichli) o‘zgartkichlarga bo‘linadi. Zamonaviy o'zgartkichlarning asosiy qismini yarimo‘tkazgichli o‘zgartkichlar, ya'ni tiristorli va tranzistorli o‘zgartkichlar tashkil etib, ular o‘zgamvchan tokni o'zgarmasga, impuls kengligi boshqariladigan o'zgarmas tok va bevosita hamda biivosita chastcta o'zgartkichlar sifatida elektromexanik tizimlarda keng qo‘llaniladi. Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o‘rniga qarab ikki guruhga bo'linadi: 1. EMTning dinamik va statik xususiyatlarini hamda harakat vazifalarini shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tizimini tashkil etuvchi rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartkichlar, har xil o‘zgartkichlar va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar. 2.Ishchi element tarkibiga ajralmas bo‘lak bo'lib, kiruvchi va elementning matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar, bular masalan, tiristorlarni boshqarishda ishlatiladigan kommutatsion zanjirlar. Birinchi guruhga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal o'rganiladi va bu guruh o‘z navbatida bir necha guruhchalarga bo'linadi, bular: EMT ko'rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi va rostlovchi qurilmalar; teskari bog'lanish zanjirlaridagi signallarni hosil qiluvchi va shakllantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik hamda noelektrik o‘lchov o‘zgartkichlari; boshqaruv qismlari kirish va chiqish signaltarining o'zaro tok turi, darajasi kabi ko'rsatkichlari bo‘yicha moslashtiruvchi qurilmalar, Texnik ijrosi nuqtayi nazaridan ushbu guruhlashtirish EMT boshqaruv elementlarining juda xilma-xil bo'ltshi mumkinligini taqozo qiladi. Misol uchun, vazifalovchi qurilma uzluksiz va uzlukli-raqamli tezlatkich uzatkichlar asosida yaratilishi yoki mantiqiy elementlar asosida dasturiy bloklardan iborat bo‘lishi mumkin. Rostlagich qurilmalar sifatida operatsion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan tipik bloklar ishlatilmoqda. O‘zgaruvchan va o'zgarmas tok taxogeneratorlari, selsinlar, induktivli hamda optik aylanuvchi o'lchov o‘zgartkichlar, shuningdek, tok, kuchlanish, quvvat va boshqa elektr kattaliklar o'zgartkichlari ham o'lchov o‘zgartkichlari guruhini tashkil etadi. Fazaviy detektorlar, emmitorli qaytargichlar, quvvat kuchaytirgichlar, raqam-uzluksiz va uzluksiz-raqamli o‘zgartkichlar moslovchi qurilmalarni tashkil etadi. Shunday qilib, rostlagichlar, o'lchov o'zgartkichlari va moslashtiruvchi elementlar vazifasini faqat uzluksiz signallarda ishlovchi qurilmalargina emas balki diskret-raqamli qurilmalar ham bajarishi mumkin. Uzluksiz signallarda ishlovchi vazifalovchi va rostlagichlar sifatida moslashtirilgan mikro EHMning hisoblash qurilmalari ham ishlatilishi mumkin. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling