Ma'ruza kirish. Reja
Download 261.63 Kb.
|
Ma\'ruza kirish. Reja-fayllar.org
Ikkinchi usul — KAI bilan yuklanish oralig'iga qarama-qarshi - parallel ulangan tiristorlar juftligi yordamida amalga oshiriladi.
Uchunchi usul— impuls usuli deb ataladi. Boshqaruv impulsining kengli- gini o‘zgartirish natijasida KAI chiqish kuchlanishi mos ravishda rostlanadi. Bu usulning qo‘ llanilishi uning kirish qismida boshqariluvchi o'zgarmas tok o'zgartkichiga hojat qoldirmaydi va tiristorli chastota o'zgartkichning kuch sxemasi hamda boshqaruv tizimi ancha soddalashadi va ishonchlilik darajasi ancha ortadi. KAIlarning chiqish kuchlanishlarini impuls kengligini o'zgartirib rost- lashda uchinchi usuldan foydalaniladi. KAI chiqishidagi kuchlanishning talab etilgan darajada ko‘rinishga ega bo’lishi uchun kuch sxemadagi tiristorlarni ma'lum qonuniyatlar asosida ochish va yopish kerak bo'ladi. Bu qonuniyatlarning majmuasi tiristorlarni ochish va yopish algoritmlari (OYoA)ning asosini tashkil etadi. KAIlarning kuch sxemalaridagi tiristorlarning ochilishi va yopilishi ularning boshqarish tizimlarida amalga oshiriladi hamda shuning uchun ham tiristorlarni ochish algoritmi (OA) va ularni yopish algoritmi (YoA) asosida invertor boshqarish tizimining ishlashi shakllanadi. 3.11 - a rasmda bir fazali KAIning shartli sxemasi berilgan bo'lib, chi- qishidagi kuchlanishni rostlash birinchi yoki ikkinchi usul bilan amalga oshirilishi mumkin. 3.11- rasm. Birfazali KAIning sxemasi (a) va uning kuchlanish va tok diagrammasi (b). V1, V3 va V2, V4 tiristorlarning davriy juft ulanishi va o'chishi yuklanishdagi kuchlanish Uyukning shakli to'g'ri burchakli, ampilitudasi manba kuchlanishiga teng bo‘lishini taqozo qiladi va yuklanishdan o'tayotgan tokning shakli eksponenta bo‘laklaridan iborat bo‘ladi (3.11- b rasmga qarang). Agar V1 va V3 tiristorlar o‘chirilib, V2 va V4 tiristorlar ulanadigan bo'lsa, u holda aktiv-induktiv yuklanishdan o'tayotgan tokning yo‘nalishi ulangan tiristorlarning o‘tkazuvchanligiga nisbatan teskari bo'ladi va bu tokni yo'naltirish uchun V1—V4 tiristorlarga qarama-qarshi yo‘nalishda parallel VD1-VD4 diodlarulangandir. Yuklanishdagi tok va kuchlanishning ishoralari teskari bo'lgan holda u yoki bu juft diodlar ochiladi. Shunda manbadan kelayotgan tok td ishorasini o‘zgartirib E kuchlanishga qarama-qarshi yo‘nalishda oqadi. Agar manba bir tomonli o'tkazuvchanlikka ega, ya’ni to‘g‘rilagich bo'lsa, u holda manbaga parallel kondensator ulanishi kerak, Invertordan tok manbaga qarab yo'nalganida kondensator zaryadlanadi va tok manbadan yo‘nalganida esa zaryadsizlanadi. Bu kondensatorning sig'imi, manba kuchlanishi pulsatsiyasi sezilarsiz darajada bo‘lishini ta'minlashi uchun yetarli darajada qiymatga ega bo‘lishi kerak. 3.12-rasm. (Uch fazali KAI chiqish kuchlanishini impuls kengligini o’zgartirib rostlash jarayonidagi tiristorlarning holatlari, liniya (a) va faza kachlanishlari (b) o‘zgarishlari diagrammalari. KAI chiqish kuchlanishini impulsli boshqarish usulini tiristorlarning o'tkazuvchanlik burchagi λ = 180° bo'lgan hol uchun ko‘rib chiqamiz. Tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchagi λ = 180° bo‘lganida bir vaqtda uchta tiristor ishlaydi va bu holda kuchlanishning shakli yuklanishga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. 3.12-a rasmdan ko‘rinib turibdiki, bir paytda uchta tiristorning ochilishini va interval o‘tishi bilan yopilishini ta'minlaydigan impulslar OYoA vositasida amalga oshiriladi. Har bir tiristorning ochilib turish burchagi α ning rostlanishi natijasida chiqishdagi kuchlanish impulsi kengligi o'zgartiriladi. 3.18-rasm. Fazalararo kommutatsiyali kuchlanish avtonom invertorining sxemasi. Dl—D6 diodlar 3.18- sxemadagidek asinxron motorning invertor sxe- masidan ajratish uchun xizmat qiladi. D7—D12 diodlar esa teskari ko‘prik sxemasi bo‘yicha o'zgarmas kuchlanish manbayiga ulanadi. Bunday sxemali kuchlanish avtonom invertorlarida har bir tiristorlarning ochilishi va yopilishi boshqa tiristorlaming holatlaridan qat’iy nazar individual ravishda bo‘ladi hamda bu esa yuklanishdagi kuchlanish qiymatini rostlash imkonini beradi. Bundan tashqari avtonom invertorlarda anod va katod zanjirlaridagi tiris- torlar uchun umumiy bo'lgan kommutatsiya kondensatorlari qo'llanilgan sxemalar, invertor tiristorlari uchun umumiy yagona bo'lgan kommutatsiya qurilmasiga ega bo‘lgan sxemalar va boshqa xilma-xil kommutatsiya qurilmali sxemalar ham amaliyotda keng qo'llaniladi. 3.19-rasm. Individual kommutatsiyali kuchlanish avtonom invertorining sxemasi. Download 261.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling