Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi


Iqtisodiy tizimlarning turli modellari


Download 281.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana20.06.2023
Hajmi281.77 Kb.
#1627778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.4. Iqtisodiy tizimlarning turli modellari 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi 
– iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar 
bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu 
asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta shakli: 
an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti 
tizimlari. 
An’anaviy 
iqtisodiyot –hozirgi 
davrda 
iqtisodiy 
jihatdan 
qoloq 
mamlakatlarda mavjud bo’lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga 
asoslangan iqtisodiy jarayonlar amal qiladi. Natural yoki mayda tovar xo’jaligi 
hukmron bo’ladi. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash 


o’rnatiladigan urf-odatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Merosxo’rlik va 
sulola iqtisodiy munosabatlarda hukmronlik qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik 
aniq o’z ifodasini topadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish jarayoni 
keskin cheklanadi. Ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanganligi sababli ijtimoiy 
tuzum barqarorligiga xavf tug’diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va 
madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Har xil madaniyat va tarixiy o’tmish, har 
xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo’lgan turli 
jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli tartiblardan 
foydalanadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi 
tizim hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog’i 
davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy 
qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. 
Foydalaniladigan resurslarning hajmi, mahsulotlarning tarkibi va taqsimlanishi
ishlab chiqarishni tashkil qilishga doir barcha qarorlar markaziy boshqarish 
organlari tomonidan qabul qilinadi. 

Download 281.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling