Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi


 Bozor iqtisodiyoti va bozor modeli


Download 281.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi281.77 Kb.
#1627778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.5. Bozor iqtisodiyoti va bozor modeli 
Bozor iqisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi:
Bozor iqisodiyotining eng muhim belgilari:  
1. Iqtisodiy erkinlik, mulkchilikning turli shakllari va xo’jalik yuritish 
shakllarining ko’pligi bilan belgilanadi. Mulkdorlar faoliyati erkin bo’lib, 
mulkchilikning yagona shakliga ustunlik berilmaydi. Xo’jalik yuritish yakka 
tartibda, jamoaga uyushib sherikchilik, paychilik, aksionerlik asosida, o’z 
mablag’iga yoki qarzga olgan mablag’ xisobiga xo’jalik yuritish yer va boshqa 
vositalarni ijaraga olish hamda ishlatish birgalikda olib boriladi. Erkinlik 
mulkdorlarni ishlab chiqarish omillariga, yaratilgan tovarlarga egalik qilishiga o’z 
tovarini, pulini o’z bilganicha ishlatish uchun imkoniyat yaratib beradi. Har bir 
korxona, tashkilot, fuqaro o’ziga ma’qul ish bilan ixtiyoriy ravishda shug’ullanadi. 
Foydasini ham, zararini ham o’zi ko’radi. Ishlab chiqaruv-chilarning aloqalari 
bozor orqali bir-biri bilan bog’lanadi. 
2. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo’lmaydi. Bozorda sotuvchi bilan 
xaridor bir-birini erkin tanlaydi. Bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki 
iste’molchi o’z hukmini o’tkazadi. Tovar va xizmatlarning sifatiga va narxiga 
qarab, tanlab olish imkoniyati paydo bo’ladi.
3. Bozorda narxlar erkin tashkil topadi. Narxni yuqoridan davlat belgilab 
bermaydi, u bozorda talab va taklif asosida, xaridor bilan sotuvchining 
shartlashuvi, savdolashuvi asosida yuz beradi. Bozorda kelishilgan narx 
shakllanadi. Narx pul bilan o’lchanadi. Pulsiz bozor bo’lmaydi. Pul bozor iqtisodiy 
munosabatlarining asosini tashkil etadi. Pulning aylanishi, emissiyasi, valyuta 
kursi bozordagi vaziyatni ko’rsatib turadi.


4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin egallaydi. U ishlab 
chiqaruvchilarning alohidalashgan manfaatlarini aks ettiradi. Manfaatlar raqobat 
kurashi asosida jamiyat uchun zarur tovarlarni, ishlab chiqarishni talab etadi. 
Raqobat resurslarni kam sarflab ulardan samarali foyda-lanib, sifatli tovarlar ishlab 
chiqarishga 
undaydi. 
Shuning 
uchun 
raqobat 
bozor 
iqisodiyotining 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 

Download 281.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling