Ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari
Download 97.74 Kb.
|
7-Ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari
Ma’ruza-5. Kuchlanish, tok va vaqt relelariReja1. Relelarning klassifikatsiyasi, asosiy harakteristikalari va ularga qo’yiladigan talablar.2. Elektromagnit negizidagi tok va kuchlanish relelarining konstruksiyalari.3.Vaqt relesiKirishdagi (boshqaruvchi) kattaligining ravon o’zgarishi bilan chiqishdagi (boshqariluvchi) kattaligi keskin o’zgaradigan elektr apparati rele deb ataladi. Bunda ikkala kattalikdan bittasi albatta elektr kattaligi (parametri) bo’lishi kerak. Relelar quyidagi belgilariga ko’ra klassifikatsiya qilinadi: 1. Qaerda qo’llanishiga ko’ra – avtomatika sxemalarida qo’llanuvchi relelar; energetik tizimni himoya qilish relelari; elektr yuritmalarni boshqarish va himoya qilish relelari. 2. Ishlash prinsipiga ko’ra – elektromagnit relelar; polyarizatsiyalangan (qutblangan) relelar; induksion; magnitoelektrik, yarim o’tkazgichli va boshqalar. 3. Relening kirishidagi parametriga ko’ra – tok relesi; kuchlanish; quvvat; chastota va boshqa kattaliklar (parametrlar) relelari. 4. Boshqarilayotgan zanjirga ta’sir turiga ko’ra - kontaktli relelar va kataktsiz relelar. 5. Ulanish usuliga ko’ra – birlamchi (bevosita ulanuvchan) va ikqilamchi (o’lchov transformatorlari orqali ulanuvchan) relelar. Relening chiqishidagi parametr (Y) ning kirishdagi parametri (X) bilan, ya’ni Y=f(x) bog’lanish grafigi relening asosiy harakteristikasi hisoblanadi. Y=f(x) bog’lanishini ulanuvchi kontaktli rele misolida ko’rib chiqamiz. Ushbu relelarda kirishda signal yo’qligida ijrochi mexanizmning kontaktlari ochiq (ulanmagan) bo’lib, boshqarilayotgan zanjirdagi tok nolpga teng bo’ladi. 1-rasm. Releni boshqarish xarakteristikasi rasmdagi bog’lanish grafigida asbsissa o’qi bo’yicha ta’sir etish (kirish) signali X va ordinata o’qi bo’yicha esa chiqishdagi signal miqdor i Y belgilangan. 1-rasm. Releni boshqarish xarakteristikasi Chiqishdagi parametr Y o’zining Y maxs qiymatidan Ymin qiymatiga keskin (sakrab) kamayishini ta’minlovchi kirishdagi ta’sir etuvchi signal miqdori qo’yib yuborish kattaligi deb ataladi. Ishlab ketish yoki qo’yib yuborish kattaligining rele rostlangan belgilangan qiymati ta’sir etuvchi kattalikka ko’ra o’rnatilgan qiymat deb ataladi. Ishlab ketish uchun komanda berilgan vaqtdan to chiqishdagi signal sakrab o’zgarguncha ketgan vaqt ulash (ulanish) vaqti deb ataladi. Xsr ga nisbatan ta’sir etuvchi (kirish) signali qancha katta bo’lsa, rele shuncha tez va ishonchli ishlashni ta’minlaydi. Xrab/Xsr nisbati relening za’ira (zapas) koeffisienti deb ataladi. Ko’p relelar uchun Xotp/Xsr nisbati ahamiyatliroq hisoblanadi. Ushbu nisbat qaytarish koeffisienti (koeffisient vozvrata) deb ataladi. Energetika tizimini himoya qilish relelariga quyidagi 4 ta talab qo’yiladi, bular: selektivlik, ishlab ketish tezligi, sezgirlik va ishonchlilik. Selektivlik degani, bu zanjirning faqat avariya ‘olatdagi bo’lagini ‘imoya qilishdir (manbadan uzishdir). Ishlab ketish tezligi avariya ‘olatining oldini oladi, avariya ‘olatida ham energetika tizimining barqarorligini hamda elektr energiyasining yuqori sifatini ta’minlaydi. Rele sezgirligining oshishi ‘imoyalanmaganlik darajasini keskin kamaytiradi. Ishonchlilik esa og’ir avariya ‘olatining oldini oladi va ob’ektning normal ishlashini ta’minlaydi. 2-rasm. Elektromagnit relesining kirish va chiiish signallari va vait щrtasidagi bolanishlar. Elektr yuritmalarini ‘imoya qilish relelari va avtomatik relelari quyidagi spesifik (maxsus) talablarga javob berishlari kerak. Mazkur relelar juda og’ir sharoitlarda ishlaydilar, ya’ni boshqa uskunalar bilan turtinish e’timolligi, kontaktlar tebranishi, ishchi mu’it chang va boshqa qo’shilmalar bilan ifloslangan sharoitlar va shu kabilar. Zamonaviy elektr yuritmalari sxemalarida soatiga 1000-1200 ulab-uzish talab qilinishi munosabati bilan relelar yuqori darajadagi mexaniq va elektrik yemirilishga bardoshlilikga (ya’ni ulab-uzish miqdori (1-10)106 ga) ega bo’lishlari kerak. Shuningdek mazkur guru’ relelari ishonchli ishlashni ta’minlashlari talab qilinadi. E’tiboringiz uchun rahmat Download 97.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling