Xivchinlarning soni va hujayra yuzasida joylashishiga qarab bakteriyalarni: - Xivchinlarning soni va hujayra yuzasida joylashishiga qarab bakteriyalarni:
- - monotrixlar, bakteriyaning bir uchida bir dona xivchini bo`lsa (xolera vibrioni);
- - bipolyar monotrix, tayoqchaning ikkala uchida bittadan xivchin joylashsa;
- - lofotrix, tayoqchaning bir uchida bir dasta xivchinlar bo`lsa va amfitrix, ikkala uchida ham bir dastadan xivchinlari bo`lsa (Bacillus fluorescens);
- - peritrixlar, butun tanasi xivchinlar bilan qoplangan tayoqchalarga aytiladi (E. coli).
- Peritrix xivchinli bacteriyalar
Mikroorganizmlarda xivchinlarning joylashish sxemasi - 1-monotrix;
- 2-lofotrix;
- 3-amfitrix;
- 4-peritrix
Bakteriyalarning ko`payishi - Bakteriyalarning ko`payishi
- Umuman bakteriyalar ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadilar. Bunda ko`pincha hujayraning o`rtasidan to`siq hosil bo`lib, uni ikkiga bo`lib, yangi ikkita hujayra barpo etadi.
- Kokklar diametri bo`ylab har xil yo`nalishda bo`linishi mumkin. Tayoqchasimon va buralgan bakteriyalar esa, ko`ndalangiga bo`linadi. Ularda to`siq, asosan hujayra markazida bo`lib, hujayrani teng bo`laklarga - qiz hujayralaga ajratadi. Ammo ba`zan to`siq markazdan boshqa joylarda bino bo`lsa, biri kichik, ikkinchisi kattaroq qiz hujayralar hosil bo`lib, kelajakda ular ona hujayra kattaligigacha o`sadilar.
Spiroxetalarda to`siq hujayrani ham uzunasiga, ham ko`ndalangiga bo`lishi mumkin. - Spiroxetalarda to`siq hujayrani ham uzunasiga, ham ko`ndalangiga bo`lishi mumkin.
- Bakteriyalarning ko`payishi, ularning turiga va o`sish sharoitlariga bog`liqdir. O`sish sharoiti qulay bo`lsa, ya`ni oziqaning yetarliligi, optimal namlik va temperatura, enargiya manbai va boshqalar bo`lsa bakteriyalar ko`paya boshlaydi. Yuqoridagi sharoitda ba`zi bakteriyalar har 5-10 soatda ko`paysa, ba`zilari har 15-30 minutda ko`payadi.
- Bir sutkada bakteriyalar tez bo`linib, juda katta miqdorga etadi. Shu sababdan sut, go`sht, baliq va boshqa oziq-ovqatlar bakteriyalar ta`sirida tez ayniydi
Do'stlaringiz bilan baham: |