Ma`ruza ma`ruza bakteriyalarning morfologiyasi va sistematikasi


Bakteriyalarning spora hosil qilishi


Download 1.66 Mb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1740531
1   2   3   4   5

Bakteriyalarning spora hosil qilishi

  • Bakteriyalarning spora hosil qilishi
  • Asosan tayoqchasimon bakteriyalarda - batsillalarda spora hosil bo`ladi. Ba`zida sharsimon bakteriyalarda spora hosil bo`lishi kuzatiladi. Bakteriyalarning buralgan formalarida spora hosil bo`lishi kuzatilmagan.
  • Spora - tinch yotgan hujayra bo`lib, uning qobig`i vegetativ hujayraning qobig`iga nisbatan ancha qalin va mustahkamroq bo`ladi, uning tarkibida suv kamroq bo`lib, tashqi muhitning ta`siriga ancha chidamliroqdir.
  • Bakteriyalarda faqat bitta spora hosil bo`ladi. Shuning uchun spora hosil bo`lishi ko`payish usuli emas, tashqi muhitga moslashib yashash uchun kurash qobiliyatidir.

Spora hosil bo`lishida sitoplazma hujayraning o`rtasiga yoki chetiga to`planadi. Quyuqlashgan sitoplazmaning atrofida ikki qatlamli qobiq hosil bo`ladi. Tashqi qatlam - ekzina qalinroq bo`lib, tarkibida yog` va smola moddalari mavjudligi sababli sporaga suv va boshqa moddalar kirishini qiyinlashtiradi. Ichki qatlam - intina yupqa va elastik bo`lib, bo`lajak yangi vegetativ hujayra uchun qobig`iga aylanadi. Sporalar tashqi muhitga chidamli. Ba`zi bakteriyalarning sporalari bir necha soat qaynatsa ham o`lmaydi hamda kimyoviy zaharlarga chidamli bo`ladi. Spora hosil bo`lishi bir necha soat davomida o`tadi.

  • Spora hosil bo`lishida sitoplazma hujayraning o`rtasiga yoki chetiga to`planadi. Quyuqlashgan sitoplazmaning atrofida ikki qatlamli qobiq hosil bo`ladi. Tashqi qatlam - ekzina qalinroq bo`lib, tarkibida yog` va smola moddalari mavjudligi sababli sporaga suv va boshqa moddalar kirishini qiyinlashtiradi. Ichki qatlam - intina yupqa va elastik bo`lib, bo`lajak yangi vegetativ hujayra uchun qobig`iga aylanadi. Sporalar tashqi muhitga chidamli. Ba`zi bakteriyalarning sporalari bir necha soat qaynatsa ham o`lmaydi hamda kimyoviy zaharlarga chidamli bo`ladi. Spora hosil bo`lishi bir necha soat davomida o`tadi.
  • Sporalar yuqori temperatura, quritish, tashqi muhitda zaharli moddalarning ko`pligiga etarli darajada chidamli bo`ladi. Ba`zi bakteriyalar sporalari bir necha soat qaynatilganda ham o`lmasligi mumkin. Sterilizatsiya qilinayotgan material avtoklavda 115–125 0S yoki Paster pechida 160–170 0S temperaturada ma`lum vaqt ichida ushlansa sporalarning to`liq o`lishini ta`minlaydi.
  • Sporalarning shakli va kattaligi turlidir. Ular yumaloq, tuxumsimon cho`ziq bo`lishi mumkin. Agar spora hujayraning o`rtasida hosil bo`lsa - markaziy, hujayraning oxiriga yaqin joylashsa - subteriminal va oxirida joylashsa - terminal spora hosil bo`lishi deb nomlanadi. Ba`zi bakteriyalar sporasining diametri hujayraning diametridan kattaroq bo`ladi. Bunday spora hujayraning o`rtasida joylashsa - klostridial, chetida joylashsa - plektridial spora hosil bo`lishi deyiladi, hujayralar esa klostridiya va plektridiya deb ataladi. Sporalarning o`sish muddati bir necha soat davom etadi. Sporalar yashash qobiliyatini saqlab turishi yuzlab va minglab yillarga tengdir. Qulay sharoit bo`lishi bilan sporalar vegetativ xolga o`tadi, ular yana o`sib va ko`payish xususiyatiga ega bo`ladi. Bakteriyalarning faqat vegetativ hujayralarigina oziq-ovqatlarni aynitadi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling