Ma’ruza mashg`ulot uchun
-Ma`ruza: Shart operatorlari
Download 0.85 Mb.
|
1-semestr maruzalar
4-Ma`ruza: Shart operatorlari.Reja: if-else konstruksiyasi(if operatori). switch-case konstruksiyasi Qisqa shartli(ternar) operator. 4.1. if-else konstruksiyasi(if operatori). Tarmoqlanuvchi jarayonlar hisoblash jarayonini biror shartga ko‘ra ikki tomonga tarmoqlanishini ta’minlaydi. Tarmoqlanuvchi jarayonning strukturali sxemasi bizlarga blok-sxemalardan tanish 6.1.1-rasm. 4.1-rasm. Tarmoqlanuvchi jarayonning strukturali sxemasi Tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash operatorlaridan biri bu if-operatoridir. Sintaksisi: If(shart) {1-blok. agar shart bajarilsa bajariluvchi operator(lar);} [else] {2-blok. agar shart bajarilmasa bajariluvchi operator(lar);} Bunda birinchi navbatda shart o‘rnida qo‘llaniluvchi mantiqiy ifoda tekshiriladi. Agar ushbu shart bajarilsa, 1 blokdagi operator(lar) bajariladi, aks holda 2 blokdagi operatorlar bajariladi. If operatorining o‘zi yetarli bo‘lsa, else – qismi yozilmasligi ham mumkin. Agar shart bajarilganda yoki bajarilmaganda bajariluvchi opertor bitta bo‘lsa, blok qavslari{}ni ishlatmasa ham bo‘ladi. Masalan: ... int i=16;// if (i>10) // Agar i 10 dan katta bo‘lsa --i; //i=i-1 else //Aks xolda i++ // i=i+1 ... Agar shart tekshirilayotgan o‘zgaruvchi(yoki o‘zgarmas) sonli tip bo‘lsa, va uni 0 dan farqliligi tekshirilsa, u xolda quyidagicha yozish mumkin. ... if (i) // Agar i<>0 bo‘lsa i++; //i=i+1 else //Aks xolda i-- // i=i-1 ... Agar tekshiriluvchi shartning inkori bajarilish lozim bo‘lsa, quyidagicha yoziladi: ... if !(i>10) // Agar i 10 dan katta bo‘lmasa i--; //i=i-1 else //Aks xolda i++ // i=i+1 ... Agar tekshiriluvchi shartlar bir nechta bo‘lsa, ularni mantiqiy shartli amallar bilan bir-biriga bog‘lash lozim. Masalan: ... if(a && (a>d || a==0)) b++; else{ b*=a; a=0; } ... Nishonga otilgan o‘qlar bo‘yicha to‘plangan ochkolarni ularning kordinatasiga nisbatan hisoblash dasturini ko‘rib chiqaylik(4.1-rasm). 4.2-rasm. Nishon //X – Nishonga tekkan o‘qning x kordinatasi //Y - Nishonga tekkan o‘qning y kordinatasi using System; namespace ConsoleApplication1 { class Class1 { static void Main() { Console.WriteLine("X – Nishonga tekkan o‘qning x kordinatasi"); Console.WriteLine("Y – Nishonga tekkan o‘qning y kordinatasi"); Console.WriteLine( " x ni kiriting:" ); double x = Convert.ToDouble(Console.ReadLine() ); Console.WriteLine( " y ni kiriting:" ); double y = double.Parse( Console.ReadLine() ); int kol = 0; if ( x * x + y * y < 1 ) kol = 2; else if ( x * x + y * y < 4 ) kol = 1; Console.WriteLine( "Rezultat = {0} ochko", kol ); } } } Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling