Ma’ruza mashg`ulot uchun


Download 0.85 Mb.
bet43/49
Sana19.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1600219
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
1-semestr maruzalar

8.3. return – operatori
return operatori biror bir operatsiyani bajarishga mo‘ljallangan Metodni bajarilishini to‘xtatib, boshqaruvni ushbu Metod chaqirilgan joyga qaytarish uchun xizmat qiladi. Ushbu opertorning sintaksisi quyidagicha:
return [ ifoda ];
bu yerda ifoda Metodning qiymati sifatida qaytariluvchi va tipi - ushbu Metod tipiga mos bo‘lgan ifodadir.
Agar Metod qiymat qaytarishi lozim bo‘lsa, qaytariluvchi qiymat return operatori yordamida Metodga o‘zlashtiriladi va boshqaruv Metodga murojaat qilingan joyga uzatiladi. Masalan:
public static int Sum1(int a, int b)
{
return a+b;
}
Ushbu Metod a va b qiymatlarining yig‘indisini qaytaradi.

Agar Metod qiymat qaytarishi lozim bo‘lmasa return operatoridan so‘ng ifoda yozilmaydi. Bunda Metod tanasidagi hisoblash jarayoni to‘xtatilib, boshqaruv shunchaki Metod tanasidan unga murojaat qilingan joyga uzatiladi. Qiymat qaytarmaydigan Metodlardan foydalanilganda return operatorini qo‘llamaslik ham mumkin.


Endi Metodlar bilan ishlashga misollar ko‘rib o‘tsak. Misol uchun massivdagi bir nomni yangi nomga almashtirish Metodsini yozamiz. Ushbu Metod biror qiymat qaytarishi uchun zarurat bo‘lmaganligi sababli uni protsedura sifatida qo‘llaymiz.
using System;
namespace ConsoleApplication1
{
class Program
{
public static void ReplaceName(string[] names,
string name,
string newName)
{
for (int i=0; i < names.Length; i++)
{
if (names[i] == name)
names[i] = newName;
}
}
static void Main(string[] args)
{
string[] names = { "Sergey", "Maxim", "Andrey", "Oleg", "Andrey", "Ivan", "Sergey" };
//1 Metodga murojaat. Massivdagi barcha "Andrey" nomlari "Nikolay" ga o‘zgaradi.
ReplaceName(names, "Andrey", "Nikolay");


// Metodga murojaat. Massivdagi barcha "Ivan" nomlari "Vladimir" ga o‘zgaradi.
ReplaceName(names, "Ivan", "Vladimir");
Console.Readkey();
}
}
}
Listing 8.1. Qiymat qaytarmaydigan Metodni yaratish va undan foydalanish.



  • Metodni birinchi marta chaqirilgandan so‘ng massiv quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

"Sergey", "Maxim", " Nikolay ", "Oleg", " Nikolay ", "Ivan", "Sergey".

  • Metodni ikkinchi marta chaqirganimizdan so‘ng, massiv quyidagi ko‘rinishga keladi:

"Sergey", "Maxim", " Nikolay ", "Oleg", " Nikolay ", " Vladimir ", "Sergey".

Massivdagi eng katta element qiymatini qaytaruvchi Metodni quyidagi misolda ko‘rib o‘tilgan:


using System;
namespace ConsoleApplication1
{
class Program
{ //Metod
public static int GetMax(int[] array)
{
int max = array[0];
for (int i = 1; i < array.Length; i++)
{
if (array[i] > max)
max = array[i];
}
return max;
}
static void Main(string[] args)
{
int[] numbers = { 3, 32, 16, 27, 55, 43, 2, 34 };
int max;
max = GetMax(numbers); //Metodga murojaat
Console.WriteLine(“Massivdagi eng katta element ”+max);
Console.ReadKey();
}
}
}

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling