Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari


Download 0.94 Mb.
bet4/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#222310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma'ruza

Tizimli blok. Kompyuterning asosiy qurilmalari joylashtirilgan metall g’ilof (korpus) bo’lib, ahu ichki qurilmalarni tashqi zarblardan himoya qilishga hamda orqa tomonidagi uyachalari (portlari) yordamida tashqi qurilmalarni ichki qurilmalar bilan ulashga xizmat qiladi. Ko’pincha, kompyuter deyilganda, asosiy qurilmalar o’rnatilgan tizimli blokni ham tushunishadi.

Tizimli bloklarni bir-biridan farqlovchi asosiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning tashqi ko’rinishlari (formfaktorlari) dir.

Shuning uchun ham, zamonaviy tizimli bloklar formfaktorlari Mini Tower (kichik minora shaklida), Middle Tower (o’rtacha minora shaklida) va Big Tower (katta minora shaklida) ko’rinishida bo’lgan turlarga bo’linadi.

Tizimli plata. Fiberglas (shisha tolali) materialdan ishlangan yassi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi plata bo’lib, kompyuterning tizimli blokining ichiga o’rnatiluvchi platalarning eng kattasidir. Kompyuterning asosiy qurilmalarini bitta tizim qilib birlashtirib o’rnatishga va ulashga xizmat qiladi. Ya’ni, qurilmalarni o’rnatishga va ulashga xizmat qiluvchi maxsus uyachalardan (raz’yomlardan), hamda shu qurilmalarning ishlashini nazorat qilib boruvchi va ularning talabdagidek ishlashini ta’minlovchi mikrosxemalardan tashkil topgan platadir. Tizimli platalarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – uning aloqa uzatish tizimlarining (shinalarining) tezkorligidir. Bunday tezkorlik – ularning takt chastotalarida (MegoGerslarda – MGs larda) ifodalanadi. Zamonaviy tizimli platalarda shinalarining tezkorligi 100 MGs dan 300 MGs gacha boradi. Ya’ni, bunday shinalar orqali tizimli plata o’ziga o’rnatilgan (ulangan) qurilmalar bilan kamida 100 MGs (100MGs = soniyasiga 100x1024 = 1024000 KiloGers (KGs) = 1024000x1024 = 104 857 600 Gers (Gs) tezlikda, yoki boshqacha qilib aytganda 104 857 600 signal/soniya) tezlikda ma’lumot almasha oladi.

Prosessor. Kompyuterning «miya»si hisoblanuvchi qurilmadir. Chunki kompyuter tomonidan bajarilayotgan barcha amallar (hisoblash, nazorat qilish, boshqarish kabi amallar) aynan shu qurilma tomonidan bajariladi. Kompyuterning eng zarur qurilmasi bo’lgani uchun ham, kompyuterning modeli (markasi) aynan unga o’rnatilgan prosessorning modeli (markasi) bilan ataladi. Masalan, Intel Pentium IV prosessori o’rnatilgan kompyuter - Pentium IV kompyuteri deb ataladi. Prosessorlarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning takt chastotalaridir. Zamonaviy prosessorlarda bunday ko’rsatkich 1 GigoGers dan (ya’ni, 1024 MGs dan) 4 GigoGers gacha (ya’ni, 4096 MGs gacha) boradi.

Tezkor xotira. Kompyuterning asosiy ishchi xotirasi bo’lib, ishlashi jarayonida kerakli bo’lgan barcha ma’lumotlarni (qiymatlarni, dasturiy vositalarni, buyruQlarni va h.k. ma’lumotlarni) qattiq diskdan ko’chirib olib, vaqtincha saqlovchi qurilmadir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan ishlovchi xotiralash Qurilmasi bo’lib, monitor ekranida aks etgan barcha ma’lumotlarni saqlab boradi. Bundan tashqari, prosessor tomonidan qurilmalarga uzatilayotgan barcha ma’lumotlar ham aynan shu xotira orqali o’tadi. Tezkor xotiralash modullaridan tashkil topgan.

Tezkor xotiralash modullarining sig’imlari (256 Megobaytdan tortib to 2 Gigobaytgacha va undan yuqori), turlari hamda shu modullar o’rnatiladigan raz’yomlarining soni bilan farqlanadi. Energiyaga bog’liq qurilma bo’lgani uchun, kompyuter elektr tarmog’idan uzulgach, undagi ma’lumotlar o’chib ketadi.

Qattiq disk diskovodi. Kompyuterdagi barcha ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlashga xizmat qiluvchi xotiralash qurilmasidir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, kompyuterning ma’lumotlarni saqlovchi o’ziga xos «omboridir». Kompyuter ishga tushirilgach, kompyuterning yoki foydalanuvchining buyrug’iga muvofiq kerakli ma’lumotlar hamda dasturiy vositalar aynan shu qurilmadan olinib, ishchi (tezkor) xotiraga joylashtiriladi. Energiyaga bog’liq bo’lmagan qurilma bo’lgani uchun, kompyuter elektr tarmog’idan uzilganda ham undagi ma’lumotlar o’chib ketmaydi.

Bunday qurilmalar ham, o’zlarining turlari, xotiralash sig’imlari (100 Gigobaytdan 400 Gigobaytgacha va undan yuqori) hamda interfeyslari bilan farq qiladi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling