Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari


Download 0.94 Mb.
bet6/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#222310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-ma'ruza

«Sichqoncha» va monipulyatorlar. Shaxsiy hamda ko’chma kompyuterlarda foydalanuvchining buyruqlarini kiritishga xizmat qiluvchi qurilmalar bo’lib, oddiy, optik, infraqizil va radio «sichQoncha» larga (shaxsiy hamda ayrim ko’chma kompyuterlarda) hamda trekbol, trekpad hamda trekpoyt kabi monipulyatorlarga (ko’chma kompyuterlarda) bo’linadi.

Ta’minlash bloki. Bu qurilma asosan, quyidagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:

- elektr tarmog’idagi 220 volt kuchlanishli o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantirish;

- hosil qilingan o’zgarmas tokni maxsus o’tkazgichlar orqali kompyuterning elektron qurilmalariga kerakli kuchlanishda uzatish.

Zamonaviy ta’minlash bloklari bulardan tashqari yana bir muhim vazifani ham bajaradi ya’ni, elektr tarmog’idagi kuchlanish keskin oshib ketganda yoki keskin kamayib ketganda avtomatik ravishda kompyuterni elektr quvvati bilan ta’minlashni to’xtatadi. Chunki, bunday holatlar kompyuterga va uning elektron qurilmalariga halokatli ravishda ta’sir ko’rsatadi.

2.3. Kompyuterlarning tashqi qurilmalari

Bunday qurilmalar kompyuterga tashqi tomondan ya’ni, tizimli blokning orqa tomonidagi kiritish-chiqarish portlari orqali ulanadi.

Bunday qurilmalarning asosini quyidagilar tashkil qiladi.

  • Modemlar;

  • Printerlar;

  • Skanerlar;

  • Ko’pfunksiyali qurilmalar;

  • Mobil (olinuvchi) qattiq disk diskovodlari;

  • Magnitooptik diskovodlar;

  • Strimerlar;

  • Plotterlar;

  • Digitayzerlar;

  • Modemlar

Modemlar (MODulyator-DEModulyatorlar - modems). Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarni modemlarsiz tasavvur qilish qiyin. FaQat ana shu qurilmalargina kompyuterga tashqi axborot tizimlari bilan bog’lanish va ular bilan muloqot qilish imkonini beradi. Ilgari kompyuterlarga modemlardan tashqari, faks ma’lumotlarini qabul qilish va uzatish uchun alohida faks-modemlar ham ulanar edi. Lekin, hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy modemlarning 99 foizi o’zida faks-modemlar xizmatini ham mujassamlashtirgandir. Bunday modemlarga Motorola; Rockwell; Robotics; 3Com va boshqa firmalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.

Modemlar o’zlarining turlari va standartlari bilan bir-biridan farq qiladi.

Modemlarning turlari. Zamonaviy kompyuterlarda quyidagi turdagi (markadagi) modemlar keng qo’llanilmoqda:

ISDN (Integrated Servies Digital Network - integrirlashgan xizmatning raQamli aloQa to’ri) modemi. 3Com firmasi mahsuloti bo’lib, 64000 bit/soniya (b/s) tezlikda aloqa uzatishi (qabul qilishi) mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan raqamli aloqa kanallari talab qilinadi. Birdaniga ikkita aloqa kanalida ishlashi mumkin (birinchisidan ma’lumot qabul Qilsa, ikkinchisidan ma’lumotlarni uzatadi). Bu esa, bitta kanal orqali mijoz bilan gaplashgan holda, ikkinchi kanal orqali kompyuterga Internet dan ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Kabelli modemlar. Maxsus kabellar (masalan, koaksil kabellar) orQali 10 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni qabul qilish va 2 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi.

DSL (Digital Subscriber Line - raqamli abonent kanali). Mavjud telefon kanallari orqali ma’lumotlar almashishga mo’ljallangan. Signallarni raqamlarga aylantirib uzatish natijasida informasiya uzatish tezligi 128 Kb/s dan 1,5 Mb/s gacha boradi.

Sun’iy yo’ldoshli modemlar - DSS (Digital Satellite System - raqamli sun’iy yo’ldoshli sistema). Bunday modemlar faQat ma’lumotlarni qabul qilishi mumkin. 56K modemiga Qaraganda 4 marta tezroq ishlaydi.

Modemlarning standartlari. Modemlarni xarakterlovchi yana bir parametri ularning standartlaridir. Bu standartlar modemning qutisi ustida "V" harfi orqali yoziladi.

Hozirgi paytda keng tarqalgan modem standartlari 2.1- jadvalda keltirilgan

MODEMLARNING STANDARTLARI

2.1-jadval


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling