Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari
Download 0.94 Mb.
|
1-ma'ruza
Printerlar Printerlar (printers) - kompyuterdagi ma’lumotlarni Qog’ozga bosib chiqarishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Tor va keng o’lchamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor o’lchamli printerlar ma’lumotlarni faQat A4 formatli (210 x 297 mm.) Qog’ozga bosib chiqarsa, keng o’lchamli printerlar ma’lumotlarni A3 formatli (297 400 mm.) hamda A4 formatli qog’ozlarga bosib chiqarishga mo’ljallangan. Hozirgi paytda zamonaviy printerlar asosan Agfa, Apple, Canon, Compaq, Digital, Epson, Fijitsu, HP(Hewlett - Packard), IBM, Kodak, Microtek, Olivetti, Panasonic, Samsung, Seiko, TI, Toshiba va kabi jahonning yetakchi firmalari tomonidan ishlab chiqilmoQda. Ayniqsa, Epson, Canon, Xerox va HP firmasining mahsulotlari keng tarqalgan. Tasvirlarni Qog’ozga bosib chiQarish usuliga ko’ra printerlar matrisali, bo’yoqli (purkovchi), lazerli, impuls-pufakchali, nur-diodli, termoprinterlar va fotoprinterlar kabi turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalganlari matrisali, bo’yoqli, lazerli hamda fotoprinterlardir. Matritsali printerlar (Matrix printers). Bunday printerlarda tasvirlar matritsa ko’rinishida joylashgan metall sterjenlarning bo’yovchi tasma orQali qog’ozga urilishidan hosil bo’ladi. Sterjenlarining soni 9, 12, 24, va 48 (ya’ni 9 pin, 12 pin, 24 pin, 48 pin) bo’lgan printerlar ishlab chiqilmoqda. Bosmaga chiqarish tezligi 60-10 soniya/varaq; Buyoqli printerlar (Ink-jet printers). Bunday printerlarda tasvirlar maxsus buyoq mikrozarrachalarini naychalar orqali qog’ozga purkash (sepish) yo’li bilan hosil qilinadi. Zamonaviy printerlarda mikrozarrachalarning zichligi 1 dyuym (25,4 mm.) masofada 600 nuqtagacha (600 dpi) boradi. Bosmaga chiqarish tezligi 100 – 15 soniya/varaq; Lazerli printerlar (Laser printers). Bunday printerlarda tasvirlar lazer yordamida elektromagnitlangan barabanning maxsus bo’yoq zarrachalarini o’ziga tortib olib, so’ngra bu zarrachalarni qog’ozga bosish orQali hosil qilinadi (ya’ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). Bo’yoq zarrachalarining zichligi 1 dyuym masofada 300 dan 600 gacha boradi (300 – 600 dpi). Bosmaga chiqarish tezligi 15 – 5 soniya/varaq; Impuls-pufakchali printerlar. Bunday printerlarning ishlash usuli buyoqli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda naychalar orqali buyoq zarrachalari emas, balki buyoqli mikropufakchalar purkaladi. Bu pufakchalar qog’ozga urilgach yoriladi va ularning ichidagi buyoqlar qog’ozga chaplanadi; Nur-diodli (LED) printerlar. Bunday printarlarning ishlash usuli lazerli printerlarga o’xshaydi. FaQat bularda lazer nuri o’rniga diodli mikrolampalarning nurlari ishlatiladi; Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling