Maruza mashg’ulotining xronologik xaritasi Ishlash boskichlari


Download 0.94 Mb.
bet9/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#222310
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma'ruza

Mobil (olinuvchi) qattiq disk diskovodlari

Bunday diskovodlar Zip yoki Mobile Rack diskovodlar deb atalib, kompyuterning ichida emas, balki maxsus korpus ichiga joylashgan alohida qurilmadir yoki boshqacha qilib aytganda, qo’lga olib ko’tarib yuriluvchi qattiq disklardir. Sig’imlari 20 Gigobaytgacha boradi. Ular kompyuterdagi ma’lumotlardan nusxa olishga, so’ngra bu ma’lumotlarni boshqa kompyuterning xotirasiga yozishga xizmat qiladi. Buning uchun ularning kabeli kompyuterning USB yoki parallel portlaridan biriga ulanadi.

Magnitooptik diskovodlar

Bunday diskovodlar - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyuymlik magnitooptik disklardan o’qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni xuddi shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmadir. Magnit disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi.

Hozirgi paytda quyidagi disklar bilan ishlovchi diskovodlar keng tarqalgan:

- 3,5" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 128Mb dan 1,3 Gb gacha);

- 5,25" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 650Mb dan 5,2 Gb gacha);

- 5,25" lik faqat o’qishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 600Mb dan 5,2 Gb gacha);

Strimerlar

Strimerlar (Streamings) - kompyuterdagi ma’lumotlarni magnit lentali kassetalarga yozishga hamda shunday kassetalardagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi qurilmadir. Strimerlar oddiy magnitofon hamda videomagnitofonlarnikiga o’xshash kassetalar bilan ishlashga mo’ljallangan strimerlarga bo’linadi.

Hozirgi paytda quyidagi turdagi kassetalar bilan ishlovchi strimerlar ishlatilmoQda:

- DM Extra (sig’imlari 3Gb dan 10Gb gacha);

- QIC Extra (sig’imlari 400Mb dan 2,2Gb gacha);

- 3,5" lik QIC Extra (sig’imlari 120Mb dan 700Mb gacha);

- 5,25" lik QIC Extra (sig’imlari 600Mb dan 13Gb gacha);

- 5,25" lik DLT Extra (sig’imlari 30Gb dan 70Gb gacha);

Plotterlar

Plotterlar (plotters) - kompyuterdagi turli grafik ma’lumotlarni (chizmalarni, sxemalarni, rasmlarni, diagramma va jadvallarni) kata o’lchamli qog’ozlarga bosib chiqaruvchi qurilmadir.

Plotterlar quyidagi turlarga bo’linadi:

Tasvirlarni qog’ozga tushirish usullari bo’yicha:

Vektorli plotterlar - tasvirlarni maxsus chizuvchi vositasini gorizontal va vertikal yo’nalishlar bo’yicha harakatlantirib, to’g’ri va egri chiziqlar yordamida qog’ozga tushiradi;

Rastrli plotterlar - tasvirlarni maxsus chizuvchi vositasini faqat bir yo’nalish bo’yicha (asosan, gorizontal) harakatlantirib, satrma-satr nuqtalar yordamida qog’ozga tushiradi.

Ishlash uslubi bo’yicha:

Peroli plotterlar (Pen Plotters) - vektorli tipdagi qurilma bo’lib, tasvirlar maxsus pero yordamida qog’ozga tushiriladi. Perolari sifatida plastik sterjinlar (flomasterlar), bir marta yoki ko’p marta ishlatiluvchi shariklar (sharikli ruchkalar), qalamli grifellar, maxsus bo’rchalar ishlatilishi mumkin.

Qog’oz turiga ko’ra rulonli va planshetli plotterlar ga bo’linadi.

Bunday plotterlar CalComp (eng birinchi plotterni yaratgan), HP, Summagrafics, Mitoh kabi firma va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Purkagichli plotterlar (Ink-Jet plotters) - tasvirlarni mayda naychalar yordamida bo’yoqni Qog’ozga purkash usuli bilan (bo’yoqli printerlardek) hosil qiladi. Bunday usullar bilan chizilgan tasvirlar o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi.

Monoxrom va rangli turlari mavjud.

Zamonaviy purkagichli plotterlarga HP 220, Summagrafics Summa Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxrom), CalComp TechJet Color, HP 650C, Encad Nova Jet3 (hammasi rangli) plotterlari misol bo’la oladi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling