Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тalaffuz me’yorlari.
- T opshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi xatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang.
- Bilib oling
- So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Tovushlar talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning sababini izohlang.
Fonetik me’yor. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo‘llanishi me’yor hisoblanadi.
Leksik –semantik me’yor. Hozirgi o‘zbek tilining lug‘aviy me’yori deganda, so‘z variantlarining hamma uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rinishini tanlab olish tushuniladi. Lug‘aviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima lug‘atlarda o‘z aksini topgan bo‘ladi. Тalaffuz me’yorlari. Тil birliklarining og‘zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo, og‘zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o‘zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Тalaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug‘atlarning ahamiyati katta. Topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi xatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang. Modarni ko‘rdilarmu? - so‘radi Vafo attor kemshik tishlarini ko‘rsatib. - Xo‘sh, qalaylar, kampir tuzuklarmu? Rahmat! - Bashirjon gapni qisqa qilib, o‘tib ketmoqchi edi, lekin Vafo attor: Bir daqiqa! - deya uning yengidan tortdi. Xo‘sh! Indi, uka o‘rtoq Zaynishuv! - dedi u mitti ko‘zlarini yiltiratib. - Biz o‘zimiz betobdurmiz, hovlida nogiron kurra-chaning holi ne kechdi? Kecha o‘g‘ul kelib erdi, eshshak bolasiga yem va beda kerak deydur... Bashirjonning jahli chiqib ketdi, attorning qo‘lini qahr bilan siltab tashladi. Bas-da endi! - dedi u qip-qizarib. - Hozirga qadar o‘ttiz so‘m oldiyiz... O‘sha kurrayiz ikki pulga qimmat! Mani, bemorni siltamang, uka o‘rtoq Zaynishuv! -dedi Vafo attor yig‘lamsirab. - Bobongiz tengiman, siltamang mani! Bilib oling: Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til meyorlariga muvofiq aytilishi talaffuz meyorlariga asoslanadi. Talaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi. Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilanganidek talaffuz qilinishi meyoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz meyoriga muvofiqdir: 1. So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida aytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip. 2. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi, d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard > dart, band > bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi. 3. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan > bo‘gan, kelsa > kesa kabi. 4.Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushi qo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida v tovushining f tarzida o‘zgartirilishi meyordan chekinish hisoblanmaydi. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Tovushlar talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning sababini izohlang. Xursand, fikr, yuzsiz, tavsif, borarkan, sunbula, uchta, ketdi, bo‘lsa, ravshan, boringiz, fabrika, buncha, taxt, oftob, borib, televideniye, avtomobil, qo‘shiq, manba, ketyapman, birla, yigitcha, tuzsiz, mazkur, oqshom, to‘qson, bizni, novvoy, seshanba, yutuq, yubordi, supra, birorta, marotaba, kabob, tebranmoq, yomg‘ir, Abdusalom, jabr-sitam, Xolida opa, konstitutsiya, boj, billur, hozir, so‘zsiz. Tez aytishdagi tovushlar mosligini aniqlang, ng, q, g‘, j tovushlarini aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling. Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqanni zang bosmas. Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tubsiz dedingizmi? G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur, bizning g‘oz-g‘onchilar shuning uchun mag‘rur. Simyog‘ochdagi qaldirg‘och qayrag‘ochdagi qora qarg‘aga qayrilib qaraganda, qayrag‘ochdagi qora qarg‘a qarag‘ayga qaradi. Sijjakdagi g‘ijjakchi jiydadan g‘ijjak yasarmish. 6 . Jajji jiblajibon jajji Jo‘ra bilan jo‘ra, jajji Jo‘ra jajji jiblajibon bilan jo‘ra. She’rni ifodali o‘qing, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiling. Misralar ohangiga e’tibor bering. ...Farog‘at borligin unutib qo‘ydim, Bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan. Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qligin Sochim oqarganda angladim, Vatan! Buncha kech angladim, nega muncha kech... anglasam loaqal o‘ttiz yil avval, Loaqal tug‘ilmay turib anglasam... Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal. Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchun ovozi toshlarni yorar kuychilar, qanchalab sehrgar shoirlar kerak, qancha bilim kerak, qancha kuch-chidam. Umrim ko‘chkilarday jimjit, shiddatli, butkul tinmoq uchun bir kun bemalol faqat yaxshi bo‘lmoq judayam kamdir, juda kamlik qilar yashamoq halol. Naqadar kechikib angladim seni, chaqinlar yo‘q qilsa meni daf’atan, ayt, qandoq chidayman bunday xo‘rlikka, ayt, qandoq yotaman qa’ringda, Vatan! Shavkat Rahmon. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling