Aksentologik me’yor. Bunda urg‘uni so‘z va gaplarda to‘g‘ri qo‘llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so‘zlarida urg‘uni to‘g‘ri ishlatmaslik so‘z ma’nosiga ta’sir qiladi.
Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilari bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring.
1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlari toblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan kuylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bay-ramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikka bir inson keldi. 6. Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab, o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz mumkin, dedi.
Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabat bildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang.
Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini, uning qochiriqlarini o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunar deb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zni yillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum qalam ahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulo-sa»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hech kim gapirmaydi, zotan gapirish mumkin ham emas, faqat yozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani bir qiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra «yaxshi ovqat yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatli ovqatlandim» deb yozish shart! «Papiros chekadigan kishi gugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiros chekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilan ta’minlab yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilda latifa aytib bo‘lmaydi, yozib bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga, maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu til har qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqi mazmunni taxtaga tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatning uyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan hovliga aylantiradi!
Do'stlaringiz bilan baham: |