Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 245.54 Kb.
bet19/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

Bilib oling:
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga tushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhim meyorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyi-dagilarni e’tiborga olish lozim:

  • so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;

  • shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan holda ishlatish;

  • so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;

  • o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;

  • so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.

. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping.
1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher (A.O.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir; so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir (A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil (Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar (Kaykovus).
Grammatik me’yor. Hozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o‘rnida – ni , -lar o‘rnida – la shakllarini xato qo‘llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko‘rdim.Direktorning xonasida ko‘rdim. Birinchi misolda Direktorning o‘zini ikkinchisida boshqa kishini ko‘rganlik ma’nosi anglashilmoqda.
Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shim-chasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini aniqlang.
1. Shevaga xos qo‘shimchalar... adabiy til qoidalariga mos holatda ishlatmaslik imlodagi xatolar... kelib chiqishiga sabab bo‘-ladi. 2. Aristotel har bir jumla... asosiy fikr... ifoda etishga qarati-lishi..., ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi... talab etadi. 3. Safar aka... astoydil achchiqlangani ... sezgan imomi oraga tushdi (A. Qod.). 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli tovushi eshitildi (O.). 5. O‘rmonjon Qurbon ota... bu ish... bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi (A.Q.). 6. Elmurod... hammadan oldin yuborilgan razvedka... hadeganda qaytmayotgani tashvishlantirdi (Sh.). 7. Ona tilimiz... ijtimoiy hayot... barcha sohalaridagi mavqei... oshirish barcha... vazifasidir.
-li va -lik, -qaz va kaz, -dir va -tir, -chi va -(u)vchi qo‘shimchalari ishtirok etgan so‘zlarni topib, bir-biriga qiyoslang, farqlarini izohlang va qaysi biri to‘g‘ri qo‘llanganini ayting.
Namuna: Go‘shtli somsa — go‘shtlik somsa.
Buxoroli ustalar — buxorolik ustalar.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling