Bilib oling:
So‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi gram-matik meyorga asoslanadi. Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir. Gapda so‘z va qo‘shimchalarning to‘g‘ri bog‘lanishi, ega-kesim mosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatika qoidalari asosida shakllanadi.
Shuning uchun gap tuzishda, jumla qurishda quyidagilarga amal qilish lozim:
– kelishik qo‘shimchalarining ma’no va vazifalarini farqlash hamda o‘rinli qo‘llash.
Masalan, -ning qo‘shimchasi ot bilan otni, -ni esa ot bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi: ukamning kitobi, kitobni olmoq kabi;
– ot va sifat yasovchi qo‘shimchalarni farqlash:
– tuzdon (ot) gapdon (sifat), kiyimlik (ot) yashil – kiyimli (sifat), tenglama (ot) ko‘chma (sifat) kabi;
fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri
qo‘llash: tadbir o‘tkazmoq - ko‘chat o‘tqazmoq, kuldir -
keltir kabi;
ega va kesimning shaxs-sonda mosligini ta’minlash: Ular o‘qiydilar. (Ular o‘qiydi tarzida emas);
gapda so‘z tartibiga amal qilish:
Uyga shoshib kirdi. (Kirdi shoshib uyga emas).
Izoh: She’riy janrlar tilida nutq maqsadiga ko‘ra misralarda so‘zlar tartibining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi.
Matnni o‘qing, grammatik meyorlarga amal qilingan holatlarni, so‘zlar tartibidagi o‘zgarishlarning mohiyatini izohlang.
...Nega buncha nola chekasan, o‘g‘lim Muhammad Humoyun podshoh? Bu cheksiz iztiroblar boisi ne? Va shu ondayoq bu hadsiz-hisobsiz savollarga javob topgandek bo‘ldi: iztiroblar boisi - tiriklikda, insonlikda. Faqat tirik odamgina iztirob chekmoqqa, iztiroblar ichra tobora tozarib, yuksalib, hayotning jamiki mashaqqatlarini yengib bormoqqa qodir.
Dunyodagi hatto eng ulug‘ o‘lik ham iztirob chekmoqdan mahrum, zero, insoniy iztirob - tiriklik nishonasi, barhayot diyonat ovozidir. Demak, mehnat-u tarbiyalari zoye ketmabdi - Humoyun tegrasiga boqar ekan, yuragi dardga to‘ladi, dard uni bezovta xayol bilan qadamini taftish etadi. Demak, uning ko‘ksida vijdoni uyg‘oq, adl-u insofi tirik. Balli, o‘g‘lim, deb shivirladi u, barakalla, bahodirim!.. Ammo shu zahoti ko‘nglini muzlatib xavotir tuyg‘usi bostirib keldi: bu yumshoqfe’llik bilan Humoyunning mamlakatdorlik qilmog‘i qiyin, benihoyat qiyin!
Dili muztar bo‘lib, o‘g‘lining maktubidan bir taskin-tasalli qidirdi. Humoyun xushxat edi, lekin maktubning ba’zi o‘rin-larini qiynalib, tusmollab ma’nosini chaqdi.
«Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiyolmas eding», -deya tashvish bilan yoza boshladi u...
Do'stlaringiz bilan baham: |