Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 245.54 Kb.
bet23/97
Sana11.05.2023
Hajmi245.54 Kb.
#1450799
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
1-15 мавзу маъруза Word

V. USLUBIY MEYORLAR
Matn namunalarini o‘qing va bir-biriga qiyoslang.
So‘zlar va ularning ma’nolaridagi farqlarni izohlang.
1. Texnika - yunoncha so‘z bo‘lib, san’at, mahorat degan ma’noni bildiradi. Texnika - inson faoliyati vositalari majmui. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish va jamiyatning turmush talablarini qondirishga xizmat qiladi. Ba’zan biror faoliyatdagi mahorat va usullar ham texnika deb ataladi. (Masalan, milliy kurash texnikasi). Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida insoniyatning bilimi va ishlab chiqarish tajribasi texnikada mujassamlanadi. Texnika insonning og‘ir mehnatini yengillashtiradi.

  1. Shirin muomalada bo‘lish har bir kishining burchidir. Odamlar bir-birlarining qalbiga yaxshi va shirin so‘z orqali yo‘l topadilar. Ammo inson qalbiga so‘zni o‘z holicha singdirib bo‘lmaydi. Buning uchun o‘zingizga libos tanlagan kabi so‘zni ham pardozlaysiz. So‘zingizga libos sifatida ohang kiydirasiz, gapingiz go‘zal so‘zlardan tashkil topsin. Ortiqcha har bir so‘z noo‘rin ichilgan dori kabi zararlidir. Har bir kishi so‘zning qadrini baland tutsin, samimiy va jarangdor so‘zni sog‘inib yashasin.

Yuqoridagi matnlar asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring:

  1. Mahorat, turmush, qondirmoq, yengillashtirmoq, inson, libos, so‘z, qalb, qadr so‘zlarining ma’nodoshlarini toping.

  2. Matnlardagi fe’l shakllarini o‘zaro qiyoslang, farqini tushuntiring.

Bilib oling:

So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga mu-vofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z shakl­larini qo‘llash, so‘z va qo‘shimchalar hamda gap tu-zilishidan nutq uslubining turiga muvofiq foydalanish adabiy tilning uslubiy meyorlariga tayanadi.


Uslubiy meyorlarga amal qilishda quyidagilarni unutmaslik lozim:

  • so‘zning asl va ko‘chma ma’nolarini farqlash;

  • so‘zning ma’nodoshlik, shakldoshlik, uyadoshlik, darajalanish imkoniyatlarini bilish va bulardan o‘rinli foy-dalanish;

  • so‘z va iboralarni aniq, tushunarli tarzda qo‘llash;

  • nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda tutish;

  • til vositalarining badiiy, ta’sirchan imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish;

  • so‘zlarning uslubiy farqlanishini hisobga olish.

Gaplarni o‘qing. Ma’nosi o‘zgargan so‘zni ko‘chirib yozing, ma’no farqlari va uslubiy vazifasini ko‘rsating.
1. Mollarning narxi pasaysa, ishlab chiqarish pasayadi. -Samadboy shu qishloq odamlarining mollarini boqib yuribdi. 2. Fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun doirasida o‘ziga ma’qul ish bilan shug‘ullanadi. - Ikkita doira chizing, ularning ichiga zid ma’noli so‘zlarni yozib chiqing. 3. Eshitgan quloq nima deydi? -Quloq pardalari ehtiyotli muolajani talab etadi. 4. Yurak faoliyati insonning asab tizimiga bevosita bog‘liqdir. - Yuragimga yaqin kishilar bilan ochiq gaplashib oldim. 5. Ma’lum bo‘ldiki, yangi dastgohlar korxona hisob-kitobida qayd etilmagan. - Ular qachonlardir o‘z «ega»sini topib ketganini xodimlar yaxshi bilishadi.
She’rni o‘qing, ajratilgan so‘z va birikmalarning ma’nosini izohlang.
Men kimnidir kutgayman, mahzun
..Yiroqlarda ingranar List ham, Qulog‘imga bo‘zlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam, Men baribir kutgayman faqat.
Shilliqqurtday to‘lg‘anar ariq, Suyanaman badburush tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq, Sovuqlikni qaylardan olgan?
Kularda va qalqib borar oy. U hayosiz shundoq yalang‘och.
Kimni aldab balqib borar oy -Tevarakda kecha qorasoch.
Tugab borar tun yanglig‘ toqat, Saharlarga bergayman hisob.
Qayga ketdi, qayga muhabbat, Yuragimda muqaddas azob.
Rauf Parfi.

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling