Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
Harflar imlosi.
Aa harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) old qator keng unlini ifodalash uchun: aka, ona, fan, mana, qalam, paxta kabi; b) ba’zi so‘zlarning tarkibida o ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: bahor>bohor, zamon>zomon, savol>sovol, gavda>govda, navqiron>novqiron, mart>mort, zal>zol kabi; d) ba’zi so‘zlarning tarkibida i ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: muomala>muomila, muhokama>muhokima, munosabat>munosibat kabi. Oo harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) orqa qator keng unlini ifodalash uchun: oila, ona, ota, non, bahor, ma’no, oftob kabi; b) o‘zlashma so‘zlarda: o‘ ga yaqinroq: boks>bo‘ks, tonna>to‘nna, poezd>po‘ezd, opera>o‘pera kabi; a ga yaqinroq: agronom>agranom, gorizont>garizont, doklad>daklat; i ga yaqinroq: traktor>traktir, direktor>direktir, rektor>rektir kabi talaffuz qilinsada o harfi yoziladi. Ii harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) qisqa va old qator unlini ifodalash uchun: bilim, bilan, bir, biron, til kabi; b) urg‘uli bo‘g‘inlardagi cho‘ziq i unlisini ifodalash uchun: lirika, Navoiy, tarixiy kabi; d) q, x, g‘ tovushlari bilan yonma-yon kelganda qisqa va qattiqroq aytiladigan i unlisini ifodalash uchun: qizil, qishloq, g‘isht, xirmon kabi; e) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ы fonemasini ifodalash uchun: vistavka, posilka, vishka kabi. Uu harfi quyidagi o‘rinlarda yoziladi: a) bir va ikki bo‘g‘inli so‘zlardagi qisqa u unlisini ifodalash uchun: kun, tun, qurt; ulug‘, urug‘, uzum kabi; b) urg‘uli bo‘g‘indagi cho‘ziq u unlisini ifodalash uchun: arxitektura, struktura kabi; d) tarkibida o, a, u unlilaridan biri bo‘lgan bo‘g‘indan so‘ng v bilan boshlanadigan yopiq bo‘g‘inda keluvchi u fonemasini ifodalash uchun: qovun, sovun, ovul, sovuq, qirg‘ovul, tovush, tarvuz, tasavvur, quvur kabi; e) birinchi bo‘g‘inda, u (yu) kelgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida, aytilishiga muvofiq, u (yu) yoziladi: turmush, ulush, butun, buyuk, buyum, yulduz, tugun, gumbur-gumbur kabi; f) so‘zlarning ikkinchi ochiq bo‘g‘inida q yoki g‘ fonemalaridan keyin ham u yoziladi: uyqu, tuyg‘u, urg‘u kabi. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling