Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobotning zaruriy qismlari
Nаmunа
Tаrjimаyi hоl Mеn, Fаyzullаyеv Аlishеr Bаhоdirоvich, 1987-yilning 20-аprеlidа Jizzаx shаhridа, xizmаtchi оilаsidа tug‘ildim. Оtаm - Fаyzullаyеv Nаrzullа, Jizzаx dаvlаt pеdаgоgikа institutidа o‘qituvchi, оnаm – Kаrimоvа Sаlimа sаvdо tizimidа sоtuvchi bo‘lib ishlаydilаr. Оpаm – Fаyzullаyеvа Gulnоzа mаktаbdа o‘qituvchi bo‘lib ishlаydi. Аkаm – Fаyzullаyеv Shuhrаt – Sаmаrqаnd iqtisоdiyot vа sеrvis institutining II kurs tаlаbаsi. Ukаm - Firdаvs 7-sinfdа, ukаm - Jаhоngir 2-sinfdа o‘qiydilаr. 1994-yildаn 2004-yilgаchа Jizzаx shаhridаgi 7-mаktаbdа o‘qidim. Mаktаbdа sinf dеvоriy gаzеtаsi muhаrriri bo‘ldim. Kimyo vа biоlоgiya fаnlаrigа judа qiziqаmаn. Biоlоgiya fаni bo‘yichа vilоyat оlimpiаdаsidа g‘оlib chiqib, O‘zbеkistоn Xаlq tа`limi vаzirligining fаxriy yorlig‘i bilаn tаqdirlаndim. O‘rtа mаktаbni tаmоmlаgаch, 2004-yildа Tоshkеnt dаvlаt tibbiyot institutining Dаvоlаsh fаkultеtigа o‘qishgа kirdim. Hоzirdа institutning ikkinchi kurs tаlаbаsimаn. Fаkultеt vа institut jаmоаt ishlаridа fаоl qаtnаshаmаn. “Kаmоlоt” Yoshlаr ijtimоiy hаrаkаti а`zоsimаn. Bo‘ydоqmаn. Mеning turаr jоyim: Tоshkеnt shаhri, Tаmаrаxоnim ko‘chаsi, 5-uy 2005-yil 5-sеntabr (imzо) А.Fаyzullаyеv TILXAT Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig'idagi bo'sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (tilxat) 2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi); c) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi); d) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa). 3. Tilxat berilgan sana. 4. Tilxat muallifining imzosi. E’LON Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir-majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot. E’lonning zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (e’lon). 2. E’lon qilinayotgan tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi. 3. Tadbir mavzusini o‘zida aks ettiruvchi matn. 4. Tadbir o‘tkazuvchining nomi (odatda, bo'ladigan tadbirni e’lon qilayotgan tashkilot, organning nomi «Ma’muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», «Tashkiliy qo‘mita» tarzida beriladi). E’LON Shu yil 12-iyul kuni soat 15.00 da Toshkent kimyo-texnologiya insitutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘iishi bo‘ladi. Kun tartibi: 1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti. 2. Taftish komissiyasining hisoboti. 3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi. HISOBOT Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma‘lumot beruvchi hujjat. Hisobotlar keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotiar amalda keng qo‘llanadi. Hisobot shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan ham bildirishshnomaga o‘xshaydi. Hisobotning zaruriy qismlari: 1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. 2. Hujjatning nomi (hisobot). 3. Hisobotning matni. 4. Lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi, imzosi. 5. Sana. 6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling