- uchinchi shaxs nomidan birlik sonda («Vazirlik qarshi emas», «O'zstandart» agentligi amalga oshirsa bo'ladi deb hisoblaydi»).
Agar hujjatda matnda qayd etilgan ilova bo’lsa, u holda ilovalar borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shakl bo'yicha rasmiylashtiriladi.
Ilova: 10 varaqda, 2 nusxada.
Agar hujjatda matnda ko'rsatilmagan ilova bo’lsa, ularning nomi har bir ilovadagi varaqlar soni va nusxalar soni ко‘rsatilgan holda sanab o'tilishi kerak. Masalan:
Ilova: 1. Yangi’quv yiliga maktablarning tayyorgarligi to‘g'risida
ma’lumotnoma 8 varaqda, 2 nusxada.
2. Maktablar ro’yxati 3 varaqda, 2 nusxada.
Agar hujjatga ilovasi bor boshqa hujjat ilova qilinsa, u holda ilovaning borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi:
Ilova: Mamlakatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyaning 1998-yil 25-yanvardagi xulosasi va
unga ilova, jami 21 varaqda, 2 nusxada.
Agar ilova hujjatda ko‘rsatilgan barcha manzillarga jo’natilmayotgan bo‘lsa, u holda ilovalarning borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
Ilova: 5 varaqda, 2 nusxada - birinchi manzilga.
Agar ilova broshyuralangan boisa, u holda varaqlar soni ko‘rsatilmaydi.
Hujjatlar manzillarga jo’natilayotganda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak:
- hujjatlar tashkilotlarga, ulaming tarkibiy bo‘linmalariga yoki aniq shaxsga jo'natiladi;
- tashkilot nomi va tarkibiy bo’linma bosh kelishikda, lavozim va familiya esa jo‘nalish kelishigida ko'rsatiladi,
masalan:
Qo‘qon superfosfat zavodi rejalashtirish
bo‘limi katta iqtisodchisi
K. Ziyoyevga
Hujjat tashkilot rahbariga jo‘natilganda, tashkilot nomi oluvchi lavozimining tarkibiga kiradi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |