Komissiya raisi imzo V. Mahmudov
Komissiya a’zolari imzolar A. Hakimov,
R. Abdurahmonov
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanganda, ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq bittasining ostida boshqalari navbat bilan joylashadi.
Masalan:
Institut direktori imzo Z. Hoshimov
Bosh hisobchi imzo V Sobirov
Hujjat lavozimlari teng bir nechta shaxslar tomonidan imzolanganda, ularning imzolari bir qatorda joylashadi:
О‘zbekiston Respublikasi О‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash Moliya vazirining
vazirining о’rinbosari о‘rinbosari
imzo F. Komilov imzo T. Tojiyev
Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va baholash usuli hisoblanadi.
Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo'linmalar va mansabdor shaxslar bilan), uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masalalarga ularning vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo’lgan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin.
Hujjat loyihasini ichki kelishuv imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan rasmiylashtiriladi. Zarur bo’lgan hollarda imzolovchining lavozimi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzosini (ismi, ota ismining
bosh harflari, familiyasi) kengaytirib yozish shart, masalan:
Yuridik bo’lim boshlig’i
Imzo S. Maxsumov
2021-yil 24-yanvar
Hujjat loyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimchalar alohida varaqda bayon qilinadi, bu to‘g‘rida loyihada tegishli belgi qo‘yiladi. Vizalar hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga, old tomoniga, imzo ostiga qo'yiladi.
Tashqi kelishuv kelishish ustxati, kelishuv to‘g‘risidagi maiumotnoma, kelishuv varag’i yoki kollegial organ majlisid ahujjat loyihasi muhokamasining bayonnomasini taqdim etish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Kelishish ustxati «Kelishilgan» so‘zidan, hujjat kelishib olinadigan shaxs lavozimining nomi (tashkilot nomi bilan birgalikda), shaxsiy imzosi, uning yoyilmasi va sanasidan iborat b o iad i. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |