Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
Fanning vazifasi - talabalarga mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish - kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqninig kommunikativ sifatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Shuningdek, Birinchidan, o‘zbek adabiy tili meyorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish, bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlashdan iborat. Ikkinchidan, sohaga oid ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, hujjat turlari va ish yuritish asoslari, ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida talabalarga ma’lumot berish bo‘lsa, uchinchidan, sohaga oid farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi, muassasalarda ish yuritishni tashkil etish texnologiyalari, ish yuritishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari haqida bilim berishni tashkil etadi. Talabalar O‘zbek tilini sohada qo‘llanishini o‘rganish jarayonida qo‘yidagilarni bajara olishi lozim: filologik bilim asoslari, ona tilining har bir sathi haqida bilimga ega bo‘lishi; atamalar, hujjatchilik tarixi, xususan, sharq hujjatchiligi, hujjat turlari va ish yuritish asoslari: hijjat tili va uslublari; o‘zbek tilida farmoyish hujjatlari ish yuritish qog‘ozlarini yoza olish, uni o‘z faoliyatida ijodiy rivojlantira bilish va mavjud muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. Sohaga oid atamalar to‘g‘risida bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi lozim. Mazkur fan kurs o‘quv rejasidagi “Nutq madaniyati”, “Ona tili”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “O‘qituvchi nuqti madaniyati” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT - tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vaholanki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Muloqot tufayli va muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling