Bilib oling:
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga tushunarli bo‘lgan so‘zni qo‘llash nutqning muhim meyorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyi-dagilarni e’tiborga olish lozim:
so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foydalanish;
shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini farqlagan holda ishlatish;
so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘llamaslik;
o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan cheklanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foydalanish;
so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.
Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping.
1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher (A.O.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir; so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir (A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil (Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar (Kaykovus).
topshiriq. Alisher Navoiyning «Hayratul abror» dostonidagi «So‘z ta’rifi» qismini o‘qing va bu parchani nasrda yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |