Ma’ruza mashg‘ulotlari 1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 245.54 Kb.
|
1-15 мавзу маъруза Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki hujjatlar
- JO’NATILADIGAN VA ICHKI HUJJATLARNI TUZISH VA RASMIYLASHTIRISH
- Eshitdilar
- «bo‘lim vazifalarni amalga oshiradi», «birlashma tarkibiga kiradi», «komissiya belgiladi»)
Jo‘natma hujjatlarni ishlash va jo‘natish, amaldagi pochta qoidalariga muvofiq, markazlashtirilgan holda devonxona tomonidan bajariladi. Xatjildga joylashtirishdan avval hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, ilovaning borligi
va bus-butunligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To’liq rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar puxta ishlash uchun ijrochiga qaytarilishi kerak. Buyurtma xat-xabami jo‘natish ro‘yxati tuziladi, unga devonxona xodimi o‘zining familiyasi va jo‘natish sanasini qo‘yadi. Mashinada o‘qiladigan hujjatlarni jo‘natish ilova xati bor bo’lganda amalga oshiriladi. Ilova xat nusxasi umumiy asoslarda yig‘majildga tikiladi. Jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatlar o‘sha kunning o‘zida yoki kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ishlanishi va jo‘natilish: kerak. Ichki hujjatlar tarkibiy bo’linmalardagi tegishli mas’ul shaxslarga qaydnoma daftariga imzo chektirilgani holda yoki ro‘yxatga olingan shaklda beriladi. Tashkilot hujjatlari (ayrim tarkibiy bo‘linmalar hujjatlar turkumi bo‘yicha) ham to‘liq, ham tanlab hisooga olib boriladi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari mustaqil ravishda hisobga olinadi. Hujjatlar sonini hisoblab chiqishda har qaysi nusxa, shu jumladan, ko‘paytirilgan va kompyuterda yozilganlari ham bitta birlik sifatida hisoblanadi. Hujjatlar aylanishining hisob-kitob natijasi tashkilot rahbariga vaqti-vaqtida yetkazib turiladi. Bu hujjatlar ustidagi ishlarni takomillashtirishda choralar ishlab chiqishga yordam beradi. JO’NATILADIGAN VA ICHKI HUJJATLARNI TUZISH VA RASMIYLASHTIRISH O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomada jo‘natiladigan va ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish batafsil bayon etilgan. Ushbu namunaviy yo‘riqnomaga ko‘ra, jo‘natma hujjatlar tegishli blankalarga yoziladi. Tashkilotlarning blankalaridagi doimiy zaruriy qismlari davlat tilida yoziladi. Hujjat muallifi tashkilot nomi va uning kodi tashkilot to‘g‘risida nizom (ustav)ga korxonalar va tashkilotlar umumiy klassifikatoriga muvofiq ko‘rsatiladi. Ular, qoidaga ko‘ra, blankani tayyorlashda yozdirilgan bo‘lishi kerak. Har bir hujjatda (xatlardan tashqari) uning turi (qaror, farmoyish, buyruq, bayonnoma, ma’lumotnoma va shu kabilar) ko‘rsatilishi kerak. Aksariyat hujjatlar uchun hujjat mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi shart. Masalan: buyruq (nima to‘g‘risida?) «korxona tashkil etish to‘g‘risida»; bayonnomasi (nimaning?) «ilmiy kengash majlisining». A5 (148x210) o‘lchamdagi hujjatlarda va telegrammalarda matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat mazmuni imkoni boricha lo‘nda, qisqa iboralar bilan, qiyin bo‘lmagan gap tuzilishida bayon etiladi. Qisqartirish davlat organlari, jamoat tashkilotlari va muassasalar nomlarini yozish bo‘yicha ma’lumotnomaga muvofiq qo‘llanadi. Agar matnda familiyalar, geografik nomlar yoki ayrim ma’muriy-hududiy birliklar sanab o‘tilsa, ular alifbo tartibida joylashtiriladi. Agar uzluksiz bog‘langan mata bir nechta qarorlar, xulosalardan iborat bo‘lsa, uni arab raqamlari bilan raqamlanadigan bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, bandlarga ajratish lozim. Hujjatlar matnlarini ikki qismga ajratish tavsiya etiladi: birinchi qismda hujjat tuzishning asoslari yoki sabablari ko‘rsatiladi, ikkinchisida - qarorlar, farmoyishlar, takliflar, fikrlar, xulosalar, iltimoslar bayon etiladi. Agar hujjat mazmunini tushuntirish va asoslash zarurati Agar hujjat mazmunini tushuntirish va asoslash zarurati bo’lmasa, matn bitta xulosa qismdan iborat bo’lishi mumkin: buyruqlar ta’kidlash qismisiz qaror qismidan, xatlar – tushuntirishsiz iltimos qismdan iborat bo’ladi. Hujjatning uzluksiz bog’langan matni doimiy axborotni saqlovchi va uzluksiz axborotlarni kiritish uchun bo‘sh joylar trafaret asosida tuzilgan bo’lishi mumkin. Bayonnoma matni uchinchi shaxs nomidan («Eshitdilar», «So'zga chiqdilar», «Qaror qildilar») ko'plik sonda bayon qilinadi, nutqlar mazmuni uchinchi shaxs nomidan birlik sonda bayon qilinadi. Huquqlar va majburiyatlarni belgilab beruvchi (nizom, yo‘riqnoma va boshqa), shuningdek, faktlarni bayon etish baholashdan (dalolatnoma, ma’lumotnoma va boshqa) iborat bo’lgan hujjatlarda matnni uchinchi shaxs nomidan birlik yoki ko'plik sonda «bo‘lim vazifalarni amalga oshiradi», «birlashma tarkibiga kiradi», «komissiya belgiladi») bayon qilish shakli ishlatiladi. Xatlarda quyidagi bayon etish shakllaridan foydalaniladi: - birinchi shaxs nomidan ko‘plik sonda («jo'natishni so'raymiz», «ko'rib chiqish uchun jo‘natmoqdamiz»); - birinchi shaxs nomidan birlik sonda («zarur deb hisoblayman», «ajratishni so‘rayman»); Download 245.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling