«О’zkimyosanoat» AJ
direktori S. Qayumovga
agar hujjat bir turdagi bir nechta tashkilotlarga jo‘natilayotgan bo‘lsa, u holda ularni umumlashgan holda ko‘rsatish lozim, masalan:
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar
va bo‘limlar boshliqlariga
hujjatni oluvchilar to‘rttadan oshmasligi kerak. «Nusxa» so‘zi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi oluvchilar oldida ko‘rsatilmaydi;
hujjat to‘rttadan ko‘p manzilga jo‘natilganda, tarqatish (yuborish) ro‘yxati tuziladi va har qaysi hujjatda faqat bitta ko'rsatiladi;
hujjatni xususiy shaxsga jo‘natganda, avval pochta manzili, keyin ismi va otaismi (bosh harflari), familiyasi yoziladi, masalan:
100000, Toshkent shahri
Hamid Olimjon ко‘chasi, 11
5-xonadon
T. Ahmadovga
Hujjatlardagi sanalar quyidagicha bo‘lgani maqbul:
2021-yil 12-yanvar
Hujjat tashkilot rahbar xodimlari tomonidan yoki amaldagi qonun hujjatlari yoki boshqa huquqiy hujjatlar (nizom yoki ustavi)da belgilangan vakolatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi.
«Imzo» rekviziti tarkibiga: hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzosining yoyilmasi (ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi) kiradi.
Hujjatlarni «uning o‘miga» degan old ko‘makchi, shuningdek, lavozimi nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘1 qo‘yilmaydi.
Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalami kollegial organning rahbari va kotibi tomonidan imzolash tavsiya etiladi.
Kollegial organlarda yakkaboshchilik tartibida qabul qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq imzolar, agar hujjat mazmuni uchun bir nechta shaxs (masalan, dalolatnomalar, moliya hujjatlari, bir nechta tashkilotlardan chiquvchi hujjatlar) javobgar bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi.
Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyorlagan shaxslarning lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi vazifalari taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |