Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu: Nutqiy tafakkur rivojlanish muammolari


Download 379.91 Kb.
bet38/45
Sana14.05.2023
Hajmi379.91 Kb.
#1459509
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Bog'liq
Umumiy psixologiya UMK

21 Mavzu: Nutqiy tafakkur rivojlanish muammolari.
Reja:

  1. Oliy psixik funksiyalarni madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi va nutqiy tafakkur muammosi (L.S. Vigotskiy bo’yicha).

  2. Tafakkur va nutqning o’zaro munosabatlari taxliliga asosiy yondashuvlar. Tafakkur va nutqning genetik ildizlari.

  3. So’zning ma’nosi muomala va umumlashtirish birligi sifatida. So’zning mazmuni va ahamiyati.

  4. Egosentrik va ichki nutq. L.S.Vigotskiy va J .Piajening egosentrik nutq tuzilishi, funksiyalari va rivojlanishi haqidagi munozaralari.

  5. Nutqiy tafakkur va tushunchani tadqiq etish usullari va metodikalari. Vigotskiy-Saxarov metodikasi.

  6. Nutqiy tafakkurning rivojlanishi.

  7. Ma’noning rivojlanish bosqichlari. Tushunchaning fuksional ekvivalentlari: sinkretlar, komplekslar.

Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi.


So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.
Nutq o`zining fiziologik nеgiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobig`ida tashqi olam tomonidan bo`ladigan turli xil qo`zg`atuvchilar bilan so`zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til va boshqa a'zolar harakati o`rtasidagi muvaqqat bog`lanishlar o`rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar sistеmasi nеgizida amal qiladi.
So`z, I. P. Pavlov aytganidеk, «signallar signali» dir. So`zlar birinchi signallar sistеmasi signallarini, olamning timsollari tarzida mavjud bo`lgan turli-tuman taassurotlarni xabar qilgan holda bеvosita qo`zg`atuvchilar kеltirib chiqaradigan ta'sirlarga turtki bеrishi mumkin.
So`zlar va ularning birikmalari har doim miyada birinchi signallar sistеmasi signallarining mavhumlashtirilishi, umumlashtirilishi va qayta ishlanishi natijasi hisoblanadi. Og`zaki munosabatdеk murakkab jarayon uni ta'min etuvchi mеxanizmlarning izchillik bilan harakatga kеltirishga tayanadi.
Nutqni programmalashtirish - nutqiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma'naviy o`zagini tuzish - birinchi bosqich hisoblanadi. Buning uchun inson muhim dеb hisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroqsizlari, ya'ni ikkinchi darajalilari bir chеtga surib qo`yiladi.

Download 379.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling