Web-serverning ishchanligi.
Web-serverga bir vaqtning o‘zida ulanishlar soni ko‘payib ketib u turfa muhitli axborotlar bilan ishlashga oid o‘z vazifasini eplay olmay qolishi mumkin. SHuning uchun Web-serverning texnikaviy(apparat) ta'minoti uning yukiga mos kelishi kerak. Web-serverning ishchanligi uni tarmoqqa birlashtirish vositalariga va tarmoq aloqa kanallarining o‘tkaza olish qobiliyatiga ham bog‘liq. Web-serverning yuki haqida undagi o‘rtacha axborot oqimi tezligi asosida fikr yuritish mumkin.
Web-serverdan chiqishi talab etiladigan axborot oqimining tezligi v [bit/s] unga kundalik o‘rtacha ulanishlar soni U va har bir ulanishda uzatiladigan fayllarning o‘rtacha hajmi X [kilo bayt] orqali quyidagi ifodadan topiladi.
V = U*X*12/86400 Kbit/s
Bu yerda "12" - bir baytdagi bitlar soni 8 ga qo‘shimcha 4 bit to‘g‘ri kelishini hisobga oladi. "86400"- bir sutkaning sekundlarda o'lchangan davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |