Web-server tuzilmasi.
Web-server tuzilmasini unga qo‘yiladigan axborot tuzilmasi bildiradi va bu Intranetdan foydalanish qulayliklarini belgilaydi. Web-server tuzilmasi sxemasi nashr etiladigan axborotlar xarakteriga bog‘liq bo‘lib, zarur axborotga yaqin yo‘ldan o‘tish imkonini berishi lozim.
Web-server tuzilmasini uch asosiy sxemasi keng tarqalgan. Bular: ketma-ket, to'rsimon va shajara (daraxt) sxemalardir.
Ketma-ket sxema kitobdagi axborot bo‘laklarining joylashishiga o‘xshash. Unda axborot qismlarga, qismlar boblarga, boblar paragraflarga bo‘lingan va ular ketma-ket ishoratlar bilan o‘zaro bog‘langan. Menyu va indeks zarur bo‘limga o‘tishga imkon beradi. Har bir Web sahifa uchun bitta avvalgi va bitta keyingi sahifa bilan ishoratlar orqali bog‘lanish beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |