Ma’ruza mashg‘ulotlarini о‘qitish texnologiyasi


Download 0.52 Mb.
Pdf просмотр
bet1/3
Sana10.01.2019
Hajmi0.52 Mb.
  1   2   3

 

Ma’ruza mashg‘ulotlarini о‘qitish texnologiyasi 

Vaqti – 2 soat 

Talabalar soni: 20-60 nafar 

О‘quv mashg‘ulotining shakli 

Ma’ruza. 

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 

1.

 

Markaziy  Osiyo    respublikalari  jahon  siyosiy 



xaritasida. 

2.

 



Respublikalarning tashkil topish tarixi.

 

3.



 

Respublikalarning  kattaligi,  chegaralari,  geografik 

о‘rni. 

4.

 



Respublikalarning ma’muriy-xududiy bо‘linishi 

О‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi: 

Markaziy  Osiy   

Respublikalarining  tabiiy  va  iqtisodiy 

о‘rni,  uning  dunyoni  iqtisodiy  va  siyosiy  kartasidagi  joyi,  hamda  ma’muriy-xududiy 

bо‘linishi haqida bilim berish. 

Pedagogik vazifalar: 

-

 Markaziy Osiy  respublikalarining jahon 



siyosiy  xaritasida  tutgan  о‘rnini  bayon 

etadi. 


-  Respublikalarning  tashkil  topish  tarixi 

tushuntirib beradi.

 

-  Respublikalarning  kattaligi,  chegaralari, 



geografik о‘rni aniqlab beradi. 

-  Respublikalarning  ma’muriy-xududiy 

bо‘linishi tо‘g‘risida ma’lumotlar beradi.

 

 



 

О‘quv faoliyatinnig natijalari: 

Talaba: 

Markaziy  Osiy    respublikalarining  jahon  siyosiy 



xaritasida tutgan о‘rnini bilib oladi. 

- Respublikalarning tashkil topish tarixi urganadi.

 

-  Respublikalarning  kattaligi,  chegaralari,  geografik 



о‘rni bilib oladi. 

-  Respublikalarning  ma’muriy-xududiy  bо‘linishi 

tо‘g‘risida ma’lumotlarga ega bо‘ladi.

 

 



О‘qitish uslubi va texnikasi 

Ma’ruza,  blits-sо‘rov. 

О‘qitish vositalari 

Tarqatma material, doska, bо‘r. 

О‘qitish shakli 

Frontal, jamoa, guruhiy. 

О‘qitish sharoitlari 

Ma’ruza xonasi

.  

 

 

Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi 

 

Bosqichlar, vaqti 

Faoliyat mazmuni 

о‘qituvchi 

talaba 

1-bosqich. 

Kirish 

(10 min) 

1.1.  О‘quv  mashg‘ulotining  mavzu  va 

rejasini  ma’lum  qiladi.  Erishadigan 

natijalar  bilan  tanishtiradi.  Mazkur 

mashg‘ulot  an’anaviy  tarzda  о‘tishini 

e’lon qiladi. 

1.1. 

Eshitadilar 



va 

yozib oladilar. 



2-bosqich. 

Asosiy 

(60 min) 

2.1. Talabalar e’tiborini rejadagi savollar 

va  ulardagi  tushunchalarga  qaratadilar. 

Blits-sо‘rov о‘tkazadi (1-ilova). 

2.2.  Bilimlarni  yanada  aniqlashtirish 

maqsadida 

ma’ruzaning 

asosiy 


mazmunini daftarga yozishni taklif etadi 

(2-ilova). 

2.1.  Talabalar  javob 

beradilar,  daftarlariga 

yozadilar. 

 2.2. 


Ma’ruzaga 

e’tiborni qaratadilar va 

yozib oladilar. 

2.3.  Yozib  oladilar  va 



8-mavzu. 

Markaziy Osiyo davlatlari.



 

2.3.  Muammoli  savollarni  Markaziyga 

tashlaydi  va  ularni  birgalikda  о‘qishga 

chorlaydi: 

1.Qozog‘istonda qancha oblast mavjud?  

2.Qozog‘iston 

Respublikasi 

maydoni 

bо‘yicha 

jahonda 

nechanchi 

о‘rinni 

egallaydi? 

3. 

Qozog‘iston 



Respublikasida 

1997 


yilgacha qancha oblast bor edi? 

 

о‘z  bilimlari  bilan 



solishtiradilar. 

 

 



3-bosqich 

Yakuniy 

(10 min) 

 

3.1. Mavzuga xulosa qiladi. 



3.2.  Rejadagi  natijaga  erishishda  faol 

ishtirokchilarni rag‘batlantiradi. 

3.3.  Mustaqil  ish  uchun  vazifa  beradi: 

Qozog‘iston 

Respublikasi 

xududida 

qadimda qanday davlatlar bо‘lgan? 

 

 

Eshitadilar, о‘zlarini 

tо‘g‘rilaydilar. Yozib 

oladilar. 

 

1-ilova 

Blits-sо‘rov savollari 

Qirg‘iz avtonom oblasti 

Qо‘riq respublikasi 

IGО‘ 


Milliy chegaralash 

Ma’muriy bо‘linish 



2-ilova 

Tarqatma material. 

         Ma’lumki 21 asr  busag‘asida jahon siyosiy xaritasida birqancha о‘zgarishlar 

bо‘lib о‘tdi. Shu о‘zgarishlardan eng muhimi sobiq ittifoqning tarqalib ketishi va 

15ta  mustaqil  davlatlarning  yuzaga  kelishidir.  Shulardan  biri  jahon  siyosiy 

xaritasida  yuzaga  kelgan    Qozog‘iston  Respublikasi  о‘ziga  xos  hususiyatlarga 

egadir.  

          Qozog‘istonning  madaniyati  va  tarixi  kо‘p  ming  yilliklarda  shakllangan  va 

rivojlangan. Hozirgi Qozog‘iston hududida milloddan avvalgi 4-1 ming yilliklarda 

qabilalar yaylov chorvachiligi bilan shug‘ullangan. Eramizdan oldingi 3-1 asrlarda 

Qang‘ davlati vujudga kelgan. Millodning 6-8 asrlarida Turk xoqonligi, Ili va Chuv 

daryolari  havzasida  turgashlar,  keyinchalik  Qarluqlar  davlati  (  766-940  )  tashkil 

topgan,  hunarmandchilik,  savdo  rivojlandi,  shaharlar  (  Taraz)  paydo  bо‘ldi. 

Qozog‘istonning  janubida  8-10  asrlarda  islom  dini  tarqaldi,  9-11  asrlarda 

Qozog‘istonning  g‘arbiy  va  janubi-g‘arbiy  hududlarida  о‘g‘uzlar  xoqonligi 

parchalanib, uning о‘rnida Qoraxoniylar davlati vujudga keldi. 1219-1221 yillarda 

Qozog‘iston  mо‘g‘ullar  tomonidan  bosib  olindi  va  mо‘g‘ul  uluslari  tarkib  topdi. 

Keyinchalik  Amir  Temur  Tо‘xtamishga  qarshi  yurish qildi  (1391y),  sо‘ng oradan 

200yil о‘tgach Abdullaxon II ham dashti Qipchoqqa yurish qildi. 14-asr ohiri 15-

asr boshlarida Oq О‘rda, Nо‘g‘ay  О‘rda, О‘zbekxonligi kabi bir necha mulklarga 

bо‘linib ketdi.  



       Manbalarga  asoslanib  shuni  aytish  mumkinki,  qozoqlarda  davlatchilik  1470 

yilda  shakllangan.  Yettisuv  va  Chuv  daryo  vodiysida  qozoq sultonlari  Jonibey  va 

Kireylar  kо‘p  sonli  ellatlarni  “Qozoq”  urug‘iga  birlashtirdilar.  16-asr  boshlarida 

Qosimxon  boshchiligida  (  1511-1523y)  Qozoq  xonligi  mustahkamlandi, 

chegaralari  kengaydi,  qozoq  ellatining  shakllanishi  nihoyasiga  yetdi,  aholi  soni 

ortdi. Xonlikni Osiyo va Yevropadagi mamlakatlar yaxshi bilishgan. Keyinchalik, 

Qozoq  xonligi  juzlarga  bо‘linib,  Ulug‘  juz  (Yettisuv  ),  Markaziy  juz  (  Markaziy 

Qozog‘iston  )  va  Kichik  juz  (  G‘arbiy  Qozog‘iston  )  deb  atalgan.  1716  yilda 

Qozoqlarning  oxirgi  xoni  Taukexan  о‘lishi  bilan  Qozog‘iston  hududida  mustaqil 

kо‘p sonli xonliklar vujudga keldi.        

       1729 y. Jung‘oriya xonligi Ulug‘ juzning kо‘p qismini bosib oldi.  Xavf ostida 

qolgan Kichik juz oqsoqollari 1721-31 yilda, 1731-40 yilda Markaziy Juzning xon 

va  sultonlari  Rossiya  podsholigiga  murojat  qilishib,  ularni  Rossiya  tarkibiga 

qо‘shib  olishlikni  sо‘rashdi.  Murojat  qabul  qilindi.  Qozog‘iston  hududining 

janubiy qismlari Qо‘qon va Xiva xonliklari tarkibiga kirdi.  

         Qozoq madaniyati, iqtisodini rivojlanishida qozoq-rus munosabatlari muhim 

ahamiyatga  ega.  1860  yilda  Qо‘qon  xonligi  qо‘shinlarini  yengib  Yettisuvning 

barcha  qismi    Rossiyaga  qо‘shib  olindi.  Podsho  hukumati  1867y.  Turkiston 

general-gubernatorligi  tarkibida  Yettisuv  va  Sirdaryo      viloyatlari,  1868  y. 

Orenburg  general-gubernatorligi  tarkibida    Akmolinsk  va  Semipalatinsk 

viloyatlarini tashkil etdi.  

           1917y.  noyabr  –  1918y.  Fevralda  Qozog‘istonda  Sovet  hokimiyati 

о‘rnatildi.  1920  yilda  Qirg‘iz  avtonom  viloyati,  Qozog‘iston  ASSR  (RSFSR 

tarkibida)  va  1936  yil  5  dekabridan  boshlab  Qozog‘iston  SSR  maqomida 

shakllangan  edi.  Qozog‘iston  Respublikasi  poytaxtlari  rolini  ham  turli  davrlarda 

turli  shaharlar  о‘tadilar.  Bular  Orenburg  (1920-1925yy.),  Qizilо‘rda  (1925-

1929yy.)  va  Almati  (1929-1998yy.).  Sо‘nggi  poytaxti  etib  Astana  (oldingi 

Aqmо‘la) shahri tanlandi.  

 

Hozirgi  vaqtda  Qozog‘iston  Respublikasi  ma’muriy  hududiy  tarkibida  14 



oblast mavjud, ular beshta iqtisodiy rayonga birlashtirilgan.  

 

Qozog‘iston  Respublikasining  umumiy  maydoni  2724900  km



2

,  umumiy 

maydoni  butun  yer  shari  maydonining  2  %  ni,  Osiyoning  6,1  %  ni,  mintaqa 

hududining  2/3  qismidan  kо‘prog‘ini  tashkil  qiladi.  Kattaligiga  kо‘ra  u  MDHda 

Rossiyadan keyin 2, jahonda esa 9 о‘rinni egallaydi. Ammo aholisining soni (15,2 

mln. kishi, 2006y.)ga kо‘ra u MDHda 3, jahonda esa 52 о‘rinda turadi.  

 

Qozog‘istonning geografik о‘rni ham о‘ziga xos. U Yevrosiyo materigining 



markazida,  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  shimoliy  tomonini  egallaydi.  Uning 

hududi  Rossiya  Federatsiyasi  va  Turkiyaga  о‘xshash  Yevropa  va  Osiyo  qit’alari 

bо‘ylab joylashgan.  

 

Uning  hududi  shimoldan  janubga  1800  km,  g‘arbdan  sharqqa  esa  3000  km 



ga  chо‘zilgan  va  quruqlikda  5  ta  davlatlar  (Rossiya,  Xitoy,  Qirg‘iziston, 

О‘zbekiston  va  Turkmaniston)  bilan  chegaradosh.  Chegaralarining  umumiy 

uzunligi  13331  km  ni  tashkil  qiladi.  Shuningdek,  600  km  masofada  Rossiya, 

Ozarbayjon,  Turkmaniston  bilan  Kaspiy  dengizi  orqali  ham  chegaralarga  ega. 

Respublikaning iqtisodiy geografik о‘rni nisbatan qulay. Markaziy Osiyo davlatlari 


shimol,  g‘arb  va  sharq  bilan  bog‘lovchi  asosiy  temir  yо‘l  va  avtomobil  yо‘llari 

ustida  joylashgan.  Boshqacha  aytganda, Qozog‘iston Rossiya,  Xitoy  va  Yaponiya 

hamda  G‘arbiy  Yevropa  davlatlari  bilan  eng  qulay  holda  bog‘lanish 

imkoniyatlariga  ega.  Uning  Kaspiy  dengizi  bilan  tutashligi  ham  IGО‘ 

qulayliklarini oshiradi.  

 

3-ilova 



 

 

 



 

 

Qirg‘iziston hududi inson madaniyatining qadimgi о‘choqlaridan biri hisoblanadi. Hududda tosh 



davrida  odamlar  yashaganligi  ma’lum.  Miloddan  ilgari  3-ming  yillik  oxiri,  2-ming  yillikning 

boshlarida mis va bronzadan yasalgan qurollar topilgan. 

      Qirg‘iz  xalqining  shakllanishida  Janubiy  Sibir  va  Markaziy  Osiyoning  katta  qisimlarida 

yashagan  juda  kо‘p  elat,  urug‘  va  qabilalar  qatnashgan.  Hududda  dastlabki  davlat  miloddan 

avvalgi  2-asrga  tо‘g‘ri  keladi.  Sanog‘imizdan  oldingi  2-8-asrlarda  g‘unnlar  (xunnlar)  taqibidan 

xolos  bо‘lish  uchun  qirg‘izlarning  bir  qismi  Yenisey  va  Baykal  kо‘li  hududlariga  borib 

joylashishgan.  О‘sha  yerlarda  о‘zlarining  birinchi  davlatlarini  va  qirg‘iz  qag‘anatini  barpo 


etishgan.  Madaniyati  shakllangan,  yozma  ijodi  vujudga  kelgan.  ”Manas”  xalq  eposida  qadimgi 

qirg‘izlarning tarixiy voqealari, anana va turmush tarzi saqlanib qolgan. 

       5-asrda  asta-sekin  о‘troq  yashashga moslashib  bordilar.  Qirg‘iz  urug‘lari Tyanshanga kelib 

joylasha  boshladilar.  Sayxali  Tosh  darasidagi  qoya  toshlardagi  tasvirlar,  Bо‘ron  minorasi  va 

О‘zgandagi  arxitektura  majmuasi  qirg‘izlar  madaniyatining  yuqori  darajada  taraqqiy 

etganligidan dalolat beradi. 

       10-asrning  boshlanishiga  qadar  buyuk  qirg‘iz  xonligi  Janubiy  Sibir,  Mо‘g‘uliston,  Baykal, 

Irtishning  yuqori  qismini,  Qashg‘arning  ma’lum  qismini,  Issiqkо‘l  va  Talasni  о‘z  qaramog‘iga 

qо‘shib  olgan  edilar.  Qirg‘iz  xonligining  taraqqiy  etishi  nafaqat  bosib  olish  ishlari  bilan,  balki 

savdo-sotiq  ishlarini  Xitoyliklar,  tibetliklar,  Janubiy  Sibir  hamda  О‘rta  Osiyo  xalqlari  bilan 

birgalikda olib bordilar. 

       11-12-asrlarda  Qirg‘izlarning  qaramog‘idagi  joylar  qisqarib  bordi.  Biroq  bu  xol  ular  etnik 

mustaqilligini  saqlashga  va  shu  xalqqa  moyil  etnik  guruhlarning  jipslashuviga  sabab  bо‘ldi. 

Qirg‘iz  etnogenezining  oxirgi  bosqichi  mug‘ullar,  ayrotlar,  nayman  va  boshqa  xalqlarning 

aralashuvi bilan bog‘liq. 

       18-asrgacha  Yenisey  qirg‘izlari  Oltin  О‘rda,  keyinchalik  Ayrot  va  Jung‘oriya  xonliklari 

qaramog‘ida  bо‘ldilar.  Ularning  kо‘pchiligi  Tyanshanga  kelib  joylasha  boshladilar.  Umuman 

olganda, 16-asrda qirg‘iz xalqi etnogenezi shakllanib bо‘lgan edi. 

         1863  yilda  Shimoliy  Qirg‘iziston,1876  yilda  Janubiy  Qirg‘iziston    Rossiya  imperiyasi 

tarkibiga qо‘shib olingan.  

          XIX  asr  о‘rtalaridan  sо‘ngi  choraklarigacha  avval  Shimoliy  Qirg‘iziston,  sо‘ngra  esa 

Janubiy  Qirg‘iziston  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olindi.  1924  yilda  О‘rta  Osiyoda  milliy 

davlat  chegaralanishi  о‘tkazilishi  natijasida  1924  yil  14  oktabrda  RSFSR  tarkibida  Qoraqirg‘iz 

avtonom oblasti tashkil etildi. 1925  yil 25 mayda Qoraqirg‘iz avtonom oblasti Qirg‘iz avtonom 

oblasti,  1926  yil  1  fevraldan  Qirg‘iziston  ASSRga,  RSFSR  tarkibida  tashkil  qilindi.  1936  yil  5 

dekabrda sobiq  ittifoqning  yangi  Konstitusiyasi  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  Qirg‘izistonga 

ittifoqdosh respublika (QSSR) maqomi berildi. 

Qirg‘iziston  Respublikasi  о‘z  milliy  mustaqilligani  MDHda  eng  birinchilardan  bо‘lib 

e’lon qildi (30.VIII.1991y.). Jahon siyosiy xaritasida о‘ziga xos yangi bir suveren davlat yuzaga 

keddi. 


Shunday  qilib,  suveren  Qirg‘iziston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  va  jahon 

hamjamiyatida  teng  xuquqli  demokratik  davlat  sifatida  shakllanmoqda.  U  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti,  kо‘plab  dunyoviy  siyosiy,  iqtisodiy,  moliyaviy,  ijtimoiy  jamiyatlar,  tashkilotlar, 

uyushmalarga a’zo. Uni jahonning yuzlab mamlakatlari mustaqil davlat sifatida tanidi. 

Hozirga  Qirg‘iziston  Respublikasi  ma’muriy–hududiy  tarkibida  Issiqkо‘l,  Norin,  О‘sh, 

Jalolobod,  Chuv, Talas  va sо‘nggi  vaqtlarda  tashkil  etilgan  Batkent  oblastlari  mavjud. Poytaxti 

Bishkek (avvalgi Pishpek, Frunze) shahridir, 

Qirg‘iziston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  mintaqsining  janubi-sharqiy  qismida 

joylashgan.  U  dunyoning  taniqli  tog‘li  davlatlari  qatoridan  о‘rin  oladi.  Ana  shu  xususiyatlar 

Qirg‘izistonning  iqtisodiy  geografik  о‘rni  (IGО‘)ni  belgilaydi.  Respublikaning  IGО‘  nisbatan 

noqulay.  Uning  noqulayliga  avvalo  baland  tog‘li  relyefi  bilan  bog‘langan.  Shunga  kо‘ra 

Qirg‘iziston xududini bironta tranzit transport yо‘llari kesib о‘tmaydi, ya’ni temir va avtomobil 

yо‘llari  respublika  kirib  keladi,  ammo  undan  nariga  chiqib  ketmaydi,  bu  birinchidan. 

Ikkinchidan,  yana  о‘ta  baland  Tyanshan  tog‘lari  sababli  Shimoliy  Qirg‘iziston  bilan  Janubiy 

Qirg‘iziston  rayonlari  о‘zaro  iqtisodiy  aloqalarni  temir  yо‘l  orqali  faqat  Qozog‘iston, 

О‘zbekiston,  Tojikiston  davlatlari  osha  bora  oladi.  Bu  holatlar,  tabiiyki,  bu  respublika 

iqtisodiyoti  rivojlanishida  katta  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  IGО‘ni  birmuncha 

qulaylashtirish  imkoniyatlari  hozirgi  vaqtda  qurilish  ishlari  boshlab  yuborilgan  Andijon–О‘sh–

Ergashtom–Qashg‘ar xalqaro magistral avtomobil yо‘li va qurilishi rejalashtirilayotgan Shimoliy 

va  Janubiy  Qirg‘istonni  bog‘lovchi  Tyanshan  tog‘lari  osha  tonnellar  va  boshqa  murakkab  yо‘l 

inshootlarini  qurish  orqali  о‘tkaziladigan  transport  yо‘lagini  yaratish  tufayligina  amalga 

oshirilishi mumkin. Ana shunda respublika IGО‘ ma’lum darajada qulaylashadi. 



Qirg‘izistoning  umumiy  maydoni  198,5  ming  km

2

  bо‘lib  mintaqada  tо‘rtinchi,  MDHda 



yettinchi va jahonda sakson oltinchi о‘rinlarni egallaydi. Aholisining soni 5,2 mln kishi (2006y.). 

Bu  kо‘rsatkich  bо‘yicha  u  mintaqada  oxirgi,  MDHda  10,  va  jahonda  108  о‘rinni  egallaydi. 

Respublika  shimolda  Qozog‘iston,  sharqda  Xitoy,  janubda  Tojikiston  va  g‘arbda  О‘zbekiston 

respublikalari bilan  chegaradosh, chegaralari  asosan baland tog‘larning sо‘v  ayirg‘ichlari  orqali 

о‘tadiki  bu  holat  xatto  qо‘shni  davlatlar  bilan  aloqa  qilishni  ham  murakkablashtiradi,  bundan 

ma’lum darajada О‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari mustasno. 

 

Tabiiy sharoiti. Qayd qilinganidek relyefi ancha murakkab. Uning hududida minimal balandlik 

tog‘  oldi  adirliklarida  400  m  dan  maksimal  balandlik  7439  m  (Pobeda  chо‘qqisi)  gacha 

tebranadi.  Uning  balanddigi  1000m  gacha  bо‘lgan  qismi  10%  hududini,  1000-3000  m  gacha 

bо‘lgan qismi 60 % hududini va 3000 m dan baland bо‘lgan qismi hududining 30 % ni tashkil 

qiladi. 

Iqlimi  mо‘tadil  tog‘  iqlimi  hususiyatiga  ega.  Vodiylar  va  tog‘  oldi  adirliklarida  yanvar 

oyi  о‘rtacha  t°  si  -15°dan  -8°  gacha.  Iyul  oyining  о‘rtacha  t°  si    +  5°+27°  orasida,  Yog‘in 

miqdori  vodiylarda  о‘rtacha  200-400  mm  dan  tog‘li  hududlarda  700-1000  mm  orasida 

farqlanadi.  Respublikaning  agroiqlim  imkoniyatlari  dehqonchilik  ishlarini  to  tog‘larning  2000-

2400 m li yonbag‘ir-larigacha olib borishga imkon beradi. 



Tabiiy  resurslari.  Tabiiy  resurslari  xilma-xil.  Ular  orasida  tabiiy  mineral  resurslar  alohida 

iqtisodiy  ahamiyatga  molikdir.  Yer  osti  qazilma  boyliklarining  muhim  turi  ularning  yoqilg‘i-

energetika mineral boyliklaridir. Unda kо‘mir boyligi katta zahiralarda va xilma-xillikda mavjud. 

Respublikada  kо‘mirning  geologik  zahirasi  31  mlrd  t.ni  tashkil  qkladi.  Boshqacha  ayttanda, 

kо‘mir  zahiralariga  kо‘ra  Qirg‘iziston  Qozog‘istondan  keyin  ikkinchi  о‘rinni  egallaydi.  Unda 

yuqori  sifatli  toshkо‘mir  va  qо‘ng‘ir  kо‘mir  zahiralari  deyarli  baravar  nisbatda  uchraydi. 

Respublikada  neft  va  gaz  konlari  faqat  Janubiy  Qirg‘izistonning  Moylisoy  rayonida  mavjud  va 

ancha  kam  quvvatlidir.  Qirg‘izistonning  eng  qimmatli  energetika  resursi  daryolaridagi 

gidroenergetika  quvvatlaridir.  Norin,  Qoradaryo,  Talas  kabi  daryolari  va  ularning  irmoqlari 

ancha katta gidroenergiya zahiralariga ega. Ayniqsa Norin daryosi bu borada katta imkoniyatga 

ega.  Umumiy  gidroenergetika  zahiralariga kо‘ra  Qirg‘iziston mintaqada  Tojikistondan  keyin  2-

о‘rinni  egallaydi  va  uning  zahiralari  mintaqa  gidroenergetika  potensialining  30  %ga  tо‘g‘ri 

keladi.  Norin  daryosi  esa  Vaxsh  va  Panj  daryolaridan  keyin  3  о‘rinda  turadi.    Shuningdek, 

Qirg‘izistonning  metall  rudali  mineral  boyliklari  ham  katta.  U  simob  (Haydarkon),  surma 

(Qadamjoy) zahiralariga kо‘ra MDHda eng yuqori о‘rinlarni egallaydi, polimetl (Sumsar), oltin 

(Qumtor),  alyuminiy  xom  ashyolari  kabi  boyliklar  ham  ahamiyatli.  Kimyoviy  mineral 

resurslardan  turli  tuzlar,  qurilish  materiallari  (semeit,  xom  ashyolari,  marmar  kabilar)ga  ham 

ancha boy. 

Respublikaning  muhim  tabiiy  boyliklari  qatoriga  boy  о‘simlik  qoplami  ham  kiradi. 

Ayniqsa uning о‘rmonlari noyob hususiyatlarga (Farg‘ona tizmasi g‘arbiy yonbag‘rlaridagi relikt 

yong‘oqzor  о‘rmonlari)  ega  bо‘lib  respublika  hududining  3,3  %ni  qoplab  yotadi.  Bundan 


tashqari  uning  baland  subalp,  alp  yaylovlari  ham  katta  iqtisodiy  ahamiyatga  ega.  Bunday 

о‘tloqlar respublika hududining 50% dan kо‘prog‘ini egallaydi. 

Rekreatsiya resurslari respublikaning yana bir katta iqtisodiy mavqeiga ega bо‘lgan tabiiy 

boylik  turidir.  Toza  havoli,  dilbar  kо‘rinishli  tog‘  landshaftlar,  baland  tog‘  kо‘llari  Issiqkо‘l, 

Sarichelak  kabilar,  tez  oqar  daryo  va  soylari,  shifobaxsh  mineral  suv  va  balchiqlari  birgalikda, 

darhaqiqat, katta boylikni tashkil qiladi, Ularning asosida kо‘plab serdaromad tomosha bog‘lar, 

dam  olish  va  davolanish  maskanlari  tashkil  qilish,  tog‘  turizmi  va  sportini  keng  rivojlantirish 

mumkin.  Bu  sohani  rivojlantirish  ayniqsa  hozirgi  mustaqillik  yillarida  respublikaning  valyuta 

tushumini kupaytirishi mumkin. 

Aholisi  va  mehnat  resurslari.  2006  yil  ma’lumotiga  kо‘ra  Qirg‘iziston  Respublikasinnng 

aholisi  5,2  mln  kishini  tashkil  etdi.  1913  yilda  respublika  hududida  1  mlndan  kam  aholi  qayd 

qilingan.  Demak,  shu  yillar  davomida  aholi  soni  5  baravar  kо‘paygan.  60-yillar  boshlarigacha 

Qirg‘izistonda  aholi  tabiiy  kо‘payish  va  kо‘chib  keluvchilar  hisobiga  ancha  tez  о‘sdi.  Keyingi 

davrlar  davomida  tug‘ilishning  va  kо‘chib  keluvchilarning  kamayishi  hisobiga  aholining  о‘sish 

sur’atlari  sekinlashib  bordi.  Buning  kо‘p  hollarda  asl  sababi  respublika  aholisining  milliy 

tarkibida kо‘riladi. 

Aholisi  milliy  tarkibining  asosiy  hususiyatlaridan  biri,  xuddi  qо‘shnisi  Qozog‘istonga 

о‘xshash,  unda  yevropalik  millat  vakillari,  birinchi  navbatda  ruslar  hissasining  kattaligidir. 

Sо‘nggi  davrlar  davomida  respublika  aholisi  tarkibida  qirgiz  va  rus  millatlari  hissasining 

о‘zgarib  borishi  ma’lumotlarini  keltiramiz:  1959  yilda  aholi  rо‘yxati  ma’lumotlarita  kо‘ra 

qirg‘izlar hissasi 40 %, ruslar hissasi esa 29,8 % edi. Bu kursatkichlar 1970 yilda о‘z navbatida 

43,8 % va 29,2 %, 1979 yilda esa 48 % va 25 % , 2000 yilda 64,6 % va 12,5 %ga teng bо‘ldi. 

Shuningdek, о‘zbeklar 16%, ukrainlar va nemislar har birining hissasi 1 % ni tashkil qiladi. Shu 

bilan birga qozoqlar, tojiklar, uyg‘urlar, dunganlar,  yahudiylar, tatarlar va boshqa millat vakillari 

aralash  yashaydi.  Qirg‘izistonda  yashayotgan  yirik  milliy  guruhlardan  ruslar  asosan  Shimoliy 

Qirg‘izistonda,    о‘zbeklar  esa  Janubiy  Qirg‘izistonda  (ular  о‘z  hududlarida  jami  aholining  1/3 

qismiga yaqinini tashkil qiladi) joylashganlar. 

Respublika aholisi ancha notekis joylashgan. Har 1 km

2

 maydonga о‘rtacha 26 kishidan 



tо‘g‘ri  kelgani  holida,  aholi  eng  zich  yashaydigan  Farg‘ona  va  Chu  vodiylarida  (respublika 

aholisining  bu  hududlarda  3/4  qismi  yashaydi)  bu  kо‘rsatkich  100-150  kishiga,  Farg‘ona 

vodiysining  intensiv  dehqonchilik  rayonlarida  esa  150-200  kishiga  tо‘g‘ri  keladi.  Asosiy  aholi 

manzilgohlari dengaz yuzasidan 1500 m gacha bо‘lgan balandliklardagi tog‘ oralig‘i vodiylarida 

joylashgan.  Undan  baland  hududlarda  aholi  zichligi  keskin  pasayib  boradi  va  hududining  1/3 

qismini tashkil qilgan baland tog‘ rayonlarida aholi deyarli yashamaydi. 

Urbanizatsiya darajasi kо‘pchilik О‘rta osiyo davlatlariga о‘hshash unchalik yuqori emas 

(38%).  Eng  yirik  shaharlari  Bishkek  (600  ming  kishi)  va  О‘sh  (226  ming  kishi),  qolgan 

shaharlari о‘rta va kichik shaharlar guruhiga kiradi. 

          



 

 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling